Art-Rezidensiyalar

O'zbekiston Madaniyat va san‘atni rivojlantirish jamg'armasi (ACDF) va Toshkentdagi Zamonaviy san'at markazi (CCA Tashkent) Studio KO bilan strategik hamkorlik doirasida Toshkentning tarixiy mahallalarini saqlab qolish va ularning noyob madaniy hamda tarixiy merosini muhofaza etishga bag'ishlangan faoliyatni amalga oshirmoqda. Ushbu tashabbus madaniyat va san'at sohasiga davlat tomonidan ko'rsatilayotgan kuchaygan qo'llab-quvvatlashning yorqin ifodasidir va shaharning o'ziga xos qiyofasini hurmat qilgan holda qulay shahar muhitini shakllantirish bo'yicha keng ko'lamli sa'y-harakatlar bilan uyg'un tarzda amalga oshirilmoqda. Art-rezidensiya tajriba almashish, madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish va qo'shma badiiy loyihalarni amalga oshirish uchun xizmat qiluvchi faol platformadir. Bunday madaniy almashinuv turli jamoalar o'rtasida o'zaro tushunishni mustahkamlashga yordam beradi. Rezidensiyalarda ishtirok etayotgan san'atkorlar qabul qiluvchi mamlakatning tarixi va o'ziga xos xususiyatlarini chuqur o'rganadilar.

Rezidensiyalar san'atkоrlarni qulay hayot va ijod uchun zarur bo'lgan barcha sharoitlar bilan ta'minlaydi: ijodiy ustaxonalar, materiallar va asbob-uskunalar, shuningdek, auditoriya bilan muloqot qilish va turish davomida yaratilgan asarlarni muhokama etish imkoniyatlari. Toshkentda rezidensiyalar zamonaviy ijodiy studiyalar, yashash makonlari, ko'rgazma zallari, kutubxona va kovorking zonalari bilan jihozlangan. Studio KO tomonidan ishlab chiqilgan dizayn konsepsiyasi xalqaro standartlarga javob berib, zamonaviy va ilhomlantiruvchi muhitni ta'minlaydi. Studiyalar san'atkоrlarga professional jihozlar va texnik yordam, shuningdek, an'anaviy va raqamli texnikada ishlash uchun turli xil asbob-uskunalar hamda materiallardan foydalanish imkonini beradi. Ushbu makonlar tajriba o'tkazish, ijodiy izlanish va hamkasb san'atkorlar hamda keng jamoatchilik bilan muloqotni rag'batlantiradi. Kovorking zonalari turli studiyalardan kelgan ishtirokchilar loyihalar ustida ishlashi, o'z ishlarini taqdim etishi yoki shunchaki muloqot qilishi mumkin bo'lgan hamkorlik muhitini yaratadi. Rezidentlar ixtisoslashtirilgan dasturiy ta'minot o'rnatilgan kompyuterlar, qulay va erkin muhit yaratuvchi mebel, kutubxona, shuningdek, vendingli avtomatlar bilan jihozlangan oshxonadan foydalanish imkoniyatiga ega.

Toshkent art-rezidensiyalari CCA Tashkent uchun ta'lim platformasi sifatida ham faoliyat yuritadi: ularda yil davomida san'atkorlar uchun kasbiy rivojlanish dasturlari, ma'ruzalar va ijodiy master-klasslar o'tkazib boriladi.

Rezidentlar — o'z mahoratini takomillashtirishga, xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga va professional karerani ilgari surishga intiluvchi ijodkor mutaxassislardir. Ular san'at markazining barcha resurslaridan to'liq foydalanish huquqiga ega bo'lib, bu esa o'sish, ijodiy rivojlanish va mazmunli professional aloqalar o'rnatish uchun keng imkoniyatlar ochib beradi.

0:00 / 0:00
playlist