BIZNING DASTURIMIZ
Ko‘rgazmalar, rezidensiyalar va fanlararo jamoat dasturlarining jonli birikmasi tufayli CCA Tashkent O‘zbekiston va dunyo mamlakatlari qismi o‘rtasida yangi aloqalarni rivojlantiradi.
“Tafakkur vositalari” — Vyacheslav Axunov
Toshkent Zamonaviy san’at markazi (CCA Tashkent) oʻzbek konseptual san’atining yetakchi namoyandasi Vyacheslav Axunovning yirik shaxsiy koʻrgazmasi — “Tafakkur vositalari” ko’rgazmasini taqdim etadi. Koʻrgazma 61-Venetsiya Zamonaviy sanʻat biyennalesi doirasidagi Franketti saroyidagi rasmiy parallel loyiha sifatida namoyish etiladi.
“HIKMAT”
Toshkent Zamonaviy san’at markazining bosh san’at muhofizi d-r Sara Raza rahbarligidagi “Hikmat” nomli ilk jamoaviy ko‘rgazma dunyoning turli chekkalaridan tashrif buyurgan yetakchi rassom va mualliflarni birlashtiradi. Ko‘rgazma donishmandlik, ruhiy o‘zlik va moddiy o‘zgarishlarga oid g‘oyalarni yuqori taassurotli maxsus buyurtma asosida ishlangan asarlar va allaqachon keng e’tirof etilgan san’at asarlari orqali o‘rganadi.