RASSOMLARIMIZ VA REZIDENTLARIMIZ BILAN TANISHING
Turli amaliyot va qarashlar orqali dasturimizni shakllantirayotgan rassomlar va rezidentlar bilan tanishing.
The Callas
Yunonistonlik rassomlar Lakis Ionas va Aris Ionas vizual san’at, kino, musiqa, to‘qimachilik va jonli ijro kesishmasida faoliyat yurituvchi “The Callas” ijodiy uyushmasining asoschilaridir. Ular o‘z loyihalarida jamoaviy xotira, hamkorlikda ijod qilish amaliyoti hamda insonning makon va an’ana bilan aloqasini o‘rganadilar. Aka-uka ijodkorlar Londondagi Chelsi san’at kollejida tasviriy san’at va kino bo‘yicha ta’lim olganlar va O‘rta yer dengizi submadaniyatlari, post-pank estetikasi va an’anaviy hunarmandchilik usullari uyg‘unlashgan ta’sirchan vizual tilni shakllantirgan.
“The Callas” doirasida ular “Documenta” (Kassel), “Palais de Tokyo” (Parij), Yangi muzey (Nyu-York), “DESTE” jamg‘armasi (Afina) va “NADA Miami kabi dunyoning yetakchi muassasalarida ko‘rgazmalar va jonli mahurat darslarida ishtirok etib, shuningdek, Li Renaldo va Jim Sklafanos kabi musiqachilar va rassomlar bilan hamkorlik qilishgan. Rassomlar Gretsiyaning Afina shahrida yashab ijod qiladilar.
Toshkentdagi Zamonaviy san’at markazining Badiiy qarorgohlari dasturi doirasidagi rezidensiya davomida ular Toshkentning modernizm me’morchiligi, tarixiy mahallalari va yunon diasporasi merosini tadqiq etadilar, mahalliy hunarmand va ustalar bilan hamkorlikda yangi makonga xos asarlarni yaratadilar.
BIZNING
RADIOMIZ
CCA Radio — muntazam ravishda tashkil etiladigan ovozli loyiha bo‘lib, DJ-setlar, instrumental chiqishlar, shuningdek ko‘rgazmalar bilan bog‘liq saundtreklar hamda mahalliy va xalqaro san’atkorlarning mehmon sifatidagi setlarini o‘z ichiga oladi.