RASSOMLARIMIZ VA REZIDENTLARIMIZ BILAN TANISHING
Turli amaliyot va qarashlar orqali dasturimizni shakllantirayotgan rassomlar va rezidentlar bilan tanishing.
Aziza Shaden
Aziza Shaden – ajdodlari qozoq va o‘zbek millatiga mansub britaniyalik rassom, O‘zbekistonda tavallud topgan va 16 yoshidan buyon Buyuk Britaniyada istiqomat qiladi. Sent-Martin San’at va dizayn markaziy kolleji bitiruvchisi sifatida rangtasvir, fotografiya, video va badiiy qurilmalar sohalarida ijod qilib, o‘zlik, xotira, migratsiya va madaniy hijrat mavzularini tadqiq etadi.
Shaden o‘z amaliyotini “tasviriy bo‘lmag‘ur she’riyat” deb ta’riflaydi, u meros qolgan hikoyalar va shaxsiy tajriba o‘rtasidagi ziddiyatni o‘rganish uchun hazil, absurd va parchalanish jihatlaridan foydalanadi. Avangard hamda Absurd teatri ta’sirida uning amaliyoti Markaziy Osiyo merosi va G‘arb madaniyati o‘rtasidagi muloqot sifatida namoyon bo‘ladi. So‘nggi paytlarda musavvir shaxsiy va madaniy voqealarni qayta anglash uchun Markaziy Osiyo me’moriy mavzularidan foydalangan holda naqsh va kollajga murojaat qilmoqda.
U qator xalqaro ko‘rgazmalarda, jumladan, 55-Venetsiya biyennalesi, XV Sharja biyennalesi, Osiyo san’at biyennalesi (Tayvan), Mill6CHAT (Gonkong), Buhara biyennalesi (2025), Mathaf: Arab zamonaviy san’at muzeyi (Doha) va EMMA – Espoo zamonaviy san’at muzeyi, shuningdek, Istanbuldagi THE PILL (2025) shaxsiy ko‘rgazmasida ishtirok etgan.
BIZNING
RADIOMIZ
CCA Tashkent Radio — muntazam ravishda tashkil etiladigan ovozli loyiha bo‘lib, DJ-setlar, instrumental chiqishlar, shuningdek ko‘rgazmalar bilan bog‘liq saundtreklar hamda mahalliy va xalqaro san’atkorlarning mehmon sifatidagi setlarini o‘z ichiga oladi.