RASSOMLARIMIZ VA REZIDENTLARIMIZ BILAN TANISHING
Turli amaliyot va qarashlar orqali dasturimizni shakllantirayotgan rassomlar va rezidentlar bilan tanishing.
Farrah Karapetian
Farrah Karapetian – tajriba-sinov fotografik jarayonlar orqali subyektivlik, xotira va transformatsiya masalalarini o‘rganuvchi rassom va adiba. Uning asarlari xalqaro ko‘rgazmalarda, jumladan, “Garaj” zamonaviy san’at muzeyida (Moskva), Getti muzeyi, Los-Anjeles okrugi san’at muzeyi (LACMA) hamda San-Fransisko Zamonaviy san’at muzeyi (SFMOMA) sara to‘plamlarida namoyish etilgan.
Karapetian bakalavr darajasini Yel universitetida va magistr darajasini Los-Anjelesdagi Kaliforniya universitetida olgan. U Los-Anjelesda yashab, ijod qiladi va San-Diego universitetining “San’at” kafedrasi dotsenti lavozimida ishlaydi.
Zamonaviy san’at markazining Badiiy qarorgohi dasturi doirasidagi rezidentlik davrida Karapetian O‘zbekiston va Shimoliy Meksika landshaftlari va tarixi o‘rtasidagi bog‘liqlikni tadqiq etuvchi loyiha ustida ishlashni davom ettiradi.
BIZNING
RADIOMIZ
CCA Radio — muntazam ravishda tashkil etiladigan ovozli loyiha bo‘lib, DJ-setlar, instrumental chiqishlar, shuningdek ko‘rgazmalar bilan bog‘liq saundtreklar hamda mahalliy va xalqaro san’atkorlarning mehmon sifatidagi setlarini o‘z ichiga oladi.