“HIKMAT”
Toshkentdagi Zamonaviy san’at markazining bosh san’at muhofizi d-r Sara Raza rahbarligidagi “Hikmat” nomli ilk jamoaviy ko‘rgazma dunyoning turli chekkalaridan tashrif buyurgan yetakchi rassom va mualliflarni birlashtiradi. Ko‘rgazma donishmandlik, ruhiy o‘zlik va moddiy o‘zgarishlarga oid g‘oyalarni yuqori taassurotli maxsus buyurtma asosida ishlangan asarlar va allaqachon keng e’tirof etilgan san’at asarlari orqali o‘rganadi.
Ko'rgazma
06 Sentabr 2026 — 31 Yanvar 2027
Toshkentdagi Zamonaviy sanʼat markazining ochilishi kutilayotgan ko‘rgazmasi
“Hikmat” – bu Toshkentdagi Zamonaviy sanʼat markazi (CCA Tashkent)ning birinchi ko‘rgazmasi. Ko‘rgazma donolik konsepsiyasiga asoslangan bo‘lib, moddiy aql va yuqori ong darajalari bilan bog‘liq. Shuningdek, u binoning ko‘p qatlamli o‘tmishiga ham tayanadi: imperiya davridan qolgan va sobiq ittifoq davrida dizel elektr stansiyasi va tramvay deposi bo‘lib xizmat qilgan inshoot harakat makoni va noyob meʼmoriy xotira tashuvchisini ifodalaydi. “Studio KO” meʼmorchilik byurosi tomonidan qayta tasavvur qilingan bino O‘zbekiston bo‘ylab anʼanaviy usullar va ashyolar, hunarmandchilik va dizayn amaliyotlaridan foydalangan holda ehtiyotkorlik bilan taʼmirlandi hamda mamlakatning xilma-xil jugʼrofiy va madaniy xususiyatlarini birlashtirdi.
Kuratorlik nuqtai nazaridan, “Hikmat” sanʼat, moddiy aql va meʼmorchilik o‘rtasidagi ochiq munosabatni tushunish uchun ko‘rgazma “usuli“ sifatida qaralishi mumkin.
Saytga xos ishlar va yangi buyurtmalar
Ko‘rgazma anglab yetish, aql-zakovat va ilohiy donishmandlik mavzulariga murojaat etib, unda Ali Cherri, Nadya Kaabi-Linka, Tariq Kisvanson, Vladimir Pan, Shohruh Rahimov, Baxtiyar Saipov, Daribay Saipov, Muhannad Shono, Nari Uord va Kimsujaning asarlari namoyish etilmoqda.
Kuratorlik nuqtai nazaridan, “Hikmat” sanʼat, moddiy aql va meʼmorchilik o‘rtasidagi ochiq munosabatlarni tushunish uchun ko‘rgazma “usuli“ sifatida qayta tasavvur qilinishi mumkin. Bu ko‘plab mafkuralar va tamoyillarga ega bo‘lgan, zamonaviy sanʼat va g‘oyalar uchun makon sifatidagi hozirgi moslashuvchan qayta anglash doirasida Toshkentdagi Zamonaviy sanʼat markazi meʼmoriy kontekstida ko‘rgazma yaratish haqida fikrlash usulini ifodalaydi.
Shu maʼnoda “Hikmat” rassomning qo‘llari muhim vosita bo‘lib xizmat qiladigan mavhum fikr va gavdalangan donolik orqali meʼmoriy mafkuralarni buzadi.
Shu tushunchada donolik taʼrifi bilim nazariyasidan tashqariga chiqadi hamda keng spektrda boshdan kechiriladigan sanʼat va moddiy aql o‘rtasidagi munosabatlarni taktil o‘rganishni o‘z ichiga oladi.
Kelayotgan tadbirlar bo‘yicha so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lib turish uchun biz bilan aloqada bo‘ling
Ko‘rgazmalar, rassomlar, ochiq tanlovlar va rezidensiyalar bo‘yicha e’lonlar, shuningdek, keng qamrovli dastur doirasidagi yangilanishlarni kuzatib borish uchun sahifalarimizga obuna bo‘ling