“Tafakkur asboblari” — Vyacheslav Axunov
Toshkentdagi Zamonaviy san’at markazi (CCA Tashkent) oʻzbek konseptual san’atining yetakchi namoyandasi Vyacheslav Axunovning yirik shaxsiy koʻrgazmasi — “Tafakkur asboblari” ko’rgazmasini taqdim etadi. Koʻrgazma 61-Venetsiya Zamonaviy sanʻat biyennalesi doirasidagi Palatso Franketti’dagi rasmiy parallel loyiha sifatida namoyish etiladi.
Ko'rgazma
09 май — 22 ноябр 2026
Koʻrgazma Oʻzbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamgʻarmasi raisi Gayane Umerova tashabbusi bilan tashkil etilgan bo’lib, Axunovning ellik yillikdan ortiq davom etgan noyob badiiy amaliyotini ochib beradi. Unda rasm, chizma, video va installyatsiyalar birlashtirilgan, jumladan, 1970-yillarda dastlab g‘oyaviy shaklda yaratilgan va 50 yildan oshiq vaqt davomida faqat eskiz sifatida saqlangan bir qator asarlar ilk marta ushbu ko’rgazmada taqdim etiladi.
Koʻrgazmaga CCA Tashkentning bosh kuratori va badiiy direktori D-r Sara Raza kuratorlik qilib, unda Akhunov asarlaridagi xotira, vaqt va ma’naviy ong haqida she’riy mulohazalar aks ettiriladi, shuningdek, Markaziy Osiyoning zamonaviy san’at tarixiga qo‘shgan hissasi yoritiladi.
«Tafakkur asboblari o‘tmish haqida emas. U fikrning qanday yashab qolishini ifodalaydi»
Takrorlash kuchini oʻrganuvchi “Mantralar” turkumi (1974) sho‘ro jurnallari, gazetalari va kitoblaridan ommaviy ishlab chiqarilgan tasvirlar ustiga qoʻyilgan qoʻlda yozilgan matnlarni taqdim etadi. Matn satrma-satr shakllanib, asta-sekin bosma tasvirlarni soya qiladi, soʻzlar tobora noaniq boʻlib, zich belgilar yuzasiga birlashadi. Bu jarayon ogʻzaki mantraning takrorlanishini aks ettiradi: vaqt oʻtishi bilan individual soʻzlar oʻzining aniqligini yoʻqotadi, vazn va tovushga aylanadi. “Kesish (Yoʻl oxiridagi yorugʻlik)” asarida tomoshabin qorongʻulik orqali uzoqdagi kuchli yorugʻlik nuriga qarab yurishga taklif qilinadi – bu mashhur “yoʻl oxiridagi yorugʻlik” iborasiga ishora qiladi.
Markaziy Osiyoda konseptualizmning asoschilaridan biri bo‘lgan Axunov o‘z faoliyatini Toshkentda rivojlantirgan va xalqaro ko‘rgazmalarda ko‘p yillar davomida ishtirok etgan. Ushbu muhim lahza doirasida, san’atkor shaxsiy kutubxonasini ZSM ga hadya qiladi va shu orqali institutning san’at tarixi, jahon adabiyoti va Sharqshunoslik bo‘yicha birinchi ilmiy arxivini tashkil etadi.
Ushbu taqdimot Markazning dastlabki yili uchun muhim bosqichni belgilab, uni Oʻzbekistondan zamonaviy san’atni jahon maydonida taqdim etuvchi yangi platforma sifatida tanitadi.
Kelayotgan tadbirlar bo‘yicha so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lib turish uchun biz bilan aloqada bo‘ling
Ko‘rgazmalar, rassomlar, ochiq tanlovlar va rezidensiyalar bo‘yicha e’lonlar, shuningdek, keng qamrovli dastur doirasidagi yangilanishlarni kuzatib borish uchun sahifalarimizga obuna bo‘ling