RASSOMLARIMIZ VA REZIDENTLARIMIZ BILAN TANISHING
Turli amaliyot va qarashlar orqali dasturimizni shakllantirayotgan rassomlar va rezidentlar bilan tanishing.
Shohruh Rahimov
Shohruh Rahimov – qadimgi hunarmandchilik anʼanalarini zamonaviy sanʼat bilan uyg‘unlashtirgan kulolchilik ustasi. Mashhur o‘zbek kulollari oilasida tug‘ilgan u oltinchi avlod ustasi Alisher Rahimovning o‘g‘li. Shohruh 2020-yilda P.P. Benkov nomidagi Respublika sanʼat kollejini Orol dengizining ekologik va sanoat inqirozi bo‘yicha dissertatsiya bilan tamomlagan va hozirda Kamoliddin Bekzod nomidagi Milliy rassomlil va dizayn institutida o‘qishni tugatmoqda.
2021-yildan beri u Toshkentdagi Respublika ijtimoiy moslashuv markazida kulolchilik dasturi doirasida rivojlanishida nogironligi bo‘lgan bolalar bilan ishlaydi. Uning ishlari milliy va xalqaro miqyosda eʼtirofga sazovor bo‘ldi, jumladan, 2022-yilgi “NAVQIRON O‘ZBEKISTON“ festivalida gran-pri va 2023-yilda Mikelanjelo jamg‘armasining Homo Faber stipendiyasi. Ushbu stipendiya doirasida u Afinada usta hunarmand Yannis Zois bilan birga tahsil oldi, natijada hamkorlikdagi totem yaratildi. “Kromvel Pleys“da bo‘lib o‘tgan London hunarmandchilik haftaligi 2024 davomida namoyish etildi.
BIZNING
RADIOMIZ
CCA Radio — muntazam ravishda tashkil etiladigan ovozli loyiha bo‘lib, DJ-setlar, instrumental chiqishlar, shuningdek ko‘rgazmalar bilan bog‘liq saundtreklar hamda mahalliy va xalqaro san’atkorlarning mehmon sifatidagi setlarini o‘z ichiga oladi.