“NOWNESS”da Vyacheslav Oxunov haqida qisqa metrajli film
“NOWNESS” turkum qisqa metrajli hujjatli filmlarning biri o‘zbek san’atining peshqadam rassomi Vyacheslav Oxunovning Toshkentdagi studiyasi bilan tanishtiradi. Unda musavvirning falsafasi, hazil-mutoyiba va shaxsiy kechinmalari orqali shakllangan g‘oyaviy amaliyotiga yangicha nazar tashlangan.
Markaziy Osiyo konseptual san’atining atoqli vakillaridan biri bo‘lmish V.Oxunov rangtasvir, grafika, video va badiiy qurilmalarda ruhiy holat, xotira va o‘zgarishlarga doir g‘oyalarga murojaat qiladi. U o‘z asarlarida ko‘pincha til va iltijolardan tafakkur va ijodiy izlanish vositasi sifatida foydalanadi.
Toshkentdagi Zamonaviy san’at markazi va O‘zbekiston madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan suratga olingan film V.Oxunovning “Tafakkur vositalari” ko‘rgazmasi doirasidagi badiiy jarayon hamda uning san’atni mushohada yuritish va mavjud bo‘lish shakli sifatidagi doimiy izlanishlarini o‘zida aks ettiradi.
Filmni bu yerda tomosha qiling.