Toshkent Zamonaviy san’at markazida shanba
Bolalar uchun rasm chizish va kollaj bo‘yicha mahorat darslari, kino namoyishi hamda Kulapat Yantrasast bilan ommaviy suhbatni o‘z ichiga olgan jamoatchilik dasturi
Seminar
Bolalar uchun mahorat darsi: “Shahar kartografiyasi”, 1-mashg‘ulot — Rasm chizish (12 yosh va undan katta)
Ishtirokchilar soni cheklanganligi sababli ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi
Joy: Ijod ustaxonasi | Vaqt: 13:00
“Shahar kartografiyasi” yosh ishtirokchilarni ijodiy amaliyot orqali Toshkentning me’moriy tarixi va shahar manzarasini o‘rganishga taklif etadi. Dastur shaharni uning binolari, jamoat joylari, naqshlari, mozaikalari va materiallari orqali o‘rganib, ishtirokchilarni atrof-muhitga yangicha nuqtayi nazardan qarashga undaydi. Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar rasm chizish, fotografiya, kollaj, ovoz yozish hamda boshqa vizual va raqamli media shakllari bilan tajriba o‘tkazadilar. Birinchi mashg‘ulot shaharning rasmini chizishga bag‘ishlanadi
“Modernizm davri o‘zbek kinosi” turkumi
Shuhrat Abbosov — “Mahallada duv-duv gap” (rus tilida)
Joy: Auditoriya | Vaqt: 15:00
Toshkent Zamonaviy san’at markazining modernizm davri o‘zbek kinosiga bag‘ishlangan kino turkumi Shuhrat Abbosovning “Mahallada duv-duv gap” filmi namoyishi bilan davom etadi. Namoyishdan so‘ng Nigora Karimova bilan suhbat bo‘lib o‘tadi. Suhbat davomida film hamda uning o‘zbek kinosi tarixidagi o‘rni haqida qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etiladi.
Nigina Mirzajonova bilan bolalar uchun kollaj bo‘yicha mahorat darsi (3 yosh va undan katta)
Ishtirokchilar soni cheklanganligi sababli ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi
Joy: Ijod ustaxonasi | Vaqt: 18:00
Rassom Nigina Mirzajonova bolalar uchun rang, shakl va kompozitsiya orqali his-tuyg‘ularni o‘rganishga qaratilgan ijodiy kollaj bo‘yicha mahorat darsini o‘tkazadi. Rangli qog‘oz va turli vizual elementlardan foydalangan holda, ishtirokchilar o‘z kollajlarini yaratadilar hamda tasvir orqali his-tuyg‘ular va g‘oyalarni ifodalash usullarini sinab ko‘radilar.
“Ildizsiz ko‘chmanchi: Kulapat Yantrasast bilan samimiy suhbat”
Ishtirokchilar soni cheklanganligi sababli ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi
Joy: Auditoriya | Vaqt: 19:00–20:30
Toshkent Zamonaviy san’at markazida me’mor va kurator, 2027-yilgi Buxoro biyennalesining kreativ direktori hamda “WHY Architecture” asoschisi Kulapat Yantrasast bilan ommaviy suhbat bo‘lib o‘tadi. Suhbatga ACDF maslahatchisi Siril Zammit moderatorlik qiladi.
Uchrashuv davomida Yantrasastning professional yo‘li, uning me’morchilik, san’at va hunarmandchilikka yondashuvi, shuningdek, navbatdagi Buxoro biyennalesiga tayyorgarlik jarayoni haqida so‘z boradi. Taqdimotdan so‘ng tomoshabinlar bilan Siril Zammit moderatorligida savol-javob bo‘lib o‘tadi.