Toshkent Zamonaviy san’at markazi (CCA Tashkent) ochildi

Toshkent Zamonaviy san’at markazi (CCA Tashkent) ochildi

“Studio KO” me’rmochilik byurosi tomonidan qayta badiiy tus berilgan, 1912-yilda qurilgan sobiq dizel elektr stansiyasining tarixiy binosi yangi qiyofada – ko‘rgazmalar, me’morchilik, ta’lim va jonli muloqotni o‘zida mujassam etgan zamonaviy san’at makoni sifatida ishga tushirildi.

Mehmonlar yangilangan binoni ilk bor ko‘rib, Markazning birinchi “Hikmat” nomli ko‘rgazmasi bilan tanishdilar. Shu kuni, shuningdek, CCA Tashkent bosh badiiy rahbari d-r Sara Raza va “Studio KO” hammuassisi Olivye Marti bilan suhbat va sayohat bo‘lib o‘tdi, ular ko‘rgazma ortidagi g‘oyalar va binoning me’moriy o‘zgarishi haqida so‘zlab berishdi.

Toshkent Zamonaviy san’at markazing ochilishi Toshkentda zamonaviy san’at, madaniy almashinuv va xalqaro muloqot uchun yangi makon paydo bo‘lganidan dalolat berdi.

Radio track cover
RADIO 01/03
- -
0:00
0:00
0:00
Pleylist 3 tracks