Francheska Amfiteatrof bilan ma’ruza
26-sentabr kuni Toshkent Zamonaviy san’at markazi zargar dizayner Francheska Amfiteatrofning “G‘aroyib zargarlik buyumlari: mening ijodiy yo‘lim” mavzusida uning zargarlik sanoatidagi kasbiy faoliyati va tajribasiga bag‘ishlangan ma’ruzasiga mezbonlik qildi.
Amfiteatrof qimmatbaho toshlar va ashyolar bilan ishlashdagi yondashuvi hamda taqinchoqlar va inson tanasining o‘zaro bog‘liqligi haqida baham ko‘rishdi. U nafaqat jozibali ko‘rinadigan, balki taqish uchun qulay bo‘lgan buyumlarni yaratish muhimligini ta’kidlab, nufuzli zargarlik uylari merosi, yangi g‘oyalar va tajriba-sinovlar o‘rtasida muvozanatni topish zarurligini ta’kidladi.
Suhbatda mahorat, ijodiy erkinlik va doimiy kasbiy kamolotda muallif dastxatiga xos qarashlarni saqlab qolishning ahamiyati haqida ham so‘z yuritildi. Tadbir savol-javoblar bilan yakunlanib, bu tinglovchilarga Francheska Amfiteatrof bilan muloqot qilish va uning faoliyati va ijodiy jarayoni haqida ko‘proq ma’lumotlar olish imkonini berdi.