Borina Andriyo bilan ochiq suhbat
30-oktabr kuni “Wilmotte & Associés” bosh direktori Borina Andriyo Toshkent Zamonaviy san’at markazida “Ko‘rgazmadan tashqari: muzey tajribasini loyihalashtirish” mavzusida ochiq suhbat o‘tkazdi.
Suhbat me’morchilik va san’atning atrof-muhit va muzey joylashgan maskanning o‘ziga xos xususiyatlari bilan qanday bog‘liqligi haqida bordi. Turli mamlakatlardagi loyihalar misolida Borina xonim muzey makonlari mahalliy tarix, madaniy o‘zlik va atrof-muhit xususiyatlarini qanday aks ettirishi mumkinligi haqida o‘rtoqlashdi.
U barcha uchun ochiq va qulay muzey maydonlarini yaratish, shuningdek, tarixiy merosni saqlab qolish va eski binolarga yangi maqsad hayot baxsh etish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.
Suhbat 2026-yilgi Toshkent dizayn haftaligi dasturi doirasida bo‘lib o‘tdi.