28-noyabr dasturi

28-noyabr dasturi

Ijodiy mahorat darslari, ommaviy suhbat va «Mumtoz özbek kinosi» dasturi doirasidagi film namoyişini öz içiga olgan ommaviy dastur.

Seminar

Alina Miş bilan “Me’morçilik maskanlari” kollaj ustaxonasi (5+)

12:00 – 13:00

Ustaxona

Kollaj texnikasi orqali meʼmoriy şakllar va tuzilmalarni örganişga bağişlangan ijodiy mahorat darsi.

Suhbat

Kimsujaning d-r Sara Raza bilan suhbati: “Hikmat: Zamonaviy san’at markazida aql, tana va ruh”

13:00 – 14:00

Auditoriya

Badiiy amaliyot, jismoniy bilim, moddiy idrok va jonli madaniy an’analarning özaro aloqasiga bağişlangan oçiq muloqot. Kimsujaning “Tafakkur arxivi” asarini asos qilib olgan holda, munozara imo-işora, takrorlaş, ma’naviyat va xotira kesişmasini, şuningdek, kundalik aşyolarning badiiy bilim şakllariga aylanişini körib çiqadi.

Seminar

Ester Şeynfeld bilan “Şaharni xaritalaş” bolalar mahorat darsi (5+)

14:00 – 15:00

Auditoriya

5 yoşdan katta bolalar uçun şaharni xaritalaş, kuzatiş va badiiy talqin qiliş orqali şahar makonini örganişga bağişlangan ijodiy mahorat darsi.

“Mumtoz özbek kinosi”: “Nasriddin Buxoroda” (1943), rejissyor Yakov Protazanov

18:00 – 19:00

Auditoriya

Buxoroga kelgan Nasriddin kambağal kulolga yordam beriş va uning qizini qutqariş uçun sudxör va amirga qarşi kuraşga kirişadi.

0:00 / 0:00
Pleylist