<p>Jonli ijro</p>

Jonli ijro

Densk va Electrofocus ishtirokidagi DJ-set / jam-sessiya

Performans

Jonli ijro: Densk va Electrofocus ishtirokidagi DJ-set / jam-sessiya

Manzil: Hovli | Vaqt: 19:00–21:00

Toshkent Zamonaviy san’at markazi yangi haftalik musiqiy format — mahalliy, mintaqaviy va xalqaro musiqachilar hamda DJ'lar ishtirokidagi “DJ Live Sets” va “Jam Sessions” dasturini taqdim etadi. Dastur turli janrlar, musiqiy amaliyotlar va ovoz bilan ishlash usullarini birlashtiruvchi eksperimental yondashuvga asoslanadi.
Ilk dastur Toshkent elektron musiqa sahnasining ikki vakili — “Densk” va “Electrofocus”ni bir maydonda jamlaydi.
Densk (Denis Kozlov) — toshkentlik DJ va “DSL System” rezidenti. Uning musiqiy uslubi house musiqasining rang-barang qirralarini qamrab oladi: jo‘shqin gruv va ohangdor sadolardan tortib, sokinroq ritmlargacha. DJ'lik faoliyatini 2018-yilda boshlagan Densk “Stixiya”, “Moc Fest” va “Sublimation Fest” festivallarida ishtirok etgan. Shuningdek, u “Rytmabad Radio” muharrirlaridan biri.
Electrofocus (Amir Mullagaliyev) — toshkentlik DJ, saund-prodyuser va dasturiy ta’minot muhandisi. Uning setlarida elektron musiqaning progressive house, tech, trance, liquid house, electro va techno kabi turli yo‘nalishlari uyg‘unlashadi. Electrofocus “Rytmabad Radio” jamoasi a’zosi bo‘lib, “Stixiya” va “Sublimation” festivallarida chiqish qilgan. 2025-yildan buyon u “DSL System” bilan hamkorlikda musiqiy loyihalar ustida ishlab, uning “TASHTRAX” sab-leyblini rivojlantirishda ham ishtirok etmoqda.

Radio track cover
RADIO 01/03
- -
0:00
0:00
0:00
Pleylist 3 tracks