“Hikmat: bilim murabbiyligi, mujassam donishmandlik va moddiylik”
Hikmat ko‘rgazmasi badiiy rahbari d-r Sara Raza bilan uch kunlik muhofizlik mashg‘uloti.
Seminar
6–8-oktabr kunlari Toshkent Zamonaviy san’at markazida d-r Sara Raza rahbarligida uch kunlik muhofizlik jadal mashg‘uloti bo‘lib o‘tadi. Dastur Markazning ilk “Hikmat” ko‘rgazmasiga bag‘ishlanib, u izlanish va muhokamalar uchun asosiy tadqiqot namunasiga aylanadi. Unda muzey ko‘rgazmalari tajribasi bilim majmuasini ishlab chiqish shakli sifatida mushohada yuritiladi va bilim, ro‘yobga chiqarilgan donishmandlik, moddiy ong, shuningdek, san’at, g‘oyalar va ko‘rgazma yaratish jarayonining o‘zaro bog‘liqligi mavzulariga murojaat etadi.
Mazmunga boy ushbu darslar muhofiz, rassom, muallif, tadqiqotchi va madaniyat sohasidagi mutaxassislar uchun mo‘ljallangan.
Inglizchani erkin bilish lozim. Zarur adabiyot taqdim etiladi.
Joylar soni cheklangan. Ro‘yxatdan o‘tish havolada.