Vyacheslav Oxunov bilan ochiq suhbat
Toshkent Zamonaviy san’at markazida rassom Vyacheslav Oxunov bilan ʻʻBiz xotirani emas, xotira bizni boshqaradʼʼ mavzusida suhbat bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida rassom o‘zining hayotiy va ijodiy tajribasi orqali xotira mavzusini ochib berdi. U shaxsiy xotiralari bilan o‘rtoqlashdi, o‘zining ijodiy yo‘li, badiiy amaliyoti va turli yillarda amalga oshirgan loyihalari haqida so‘zlab berdi.
Shu kunlarda Venetsiyadagi Franketti saroyida bo‘lib o‘tayotgan uning ʻʻTafakkur vositalariʼʼ ko‘rgazmasiga alohida e’tibor qaratildi. Oxunov o‘z hayoti va ijodi haqidagi hikoyalari orqali xotira, xotiraning shaxsiy tajribani shakllantirishdagi o‘rni hamda san’at bilan oʻzaro aloqasi kabi masalalarga murojaat qildi.