Nigora Karimova bilan ochiq suhbat
25-oktabr kuni Toshkent Zamonaviy san’at markazida San’atshunoslik instituti direktori Nigora Karimova bilan “O‘zbekiston ovozsiz kinosining so‘zlovchi tarixi” mavzusida ochiq suhbat bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida Nigora Karimova XIX asr oxiri – XX asr boshlarida ovozsiz kinoning paydo bo‘lishi va rivojlanishi tarixi haqida so‘zlab berdi. Suhbat davomida milliy kinoning shakllanishini kuzatish imkonini beruvchi arxiv filmlari, afishalar va tarixiy hujjatlar namoyish etildi.
Shuningdek, u O‘zbekiston va Markaziy Osiyo kinematografiyasining shakllanishida muhim rol o‘ynagan ovozsiz filmlarning madaniy ahamiyatini ta’kidladi.