Mixail Borodin bilan ochiq suhbat
31-oktabr kuni Toshkent Zamonaviy san’at markazida kinorejissyor va ssenariy muallifi Mixail Borodin bilan “G‘oyadan ekrangacha” mavzusida ochiq suhbat bo‘lib o‘tdi.
Borodin dastlabki g‘oyani ishlab chiqish va syujetni avjlantirishdan tortib, uning gavdalantiruvchi tilini belgilaydigan ijodiy qarorlar qabul qilishgacha bo‘lgan film yaratish jarayoni haqida so‘zlab berdi. Shuningdek, u kinorejissyorning shaxsiy qarashlari filmni qanday shakllantirishi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Shuningdek, suhbatda rejissyor, aktyorlar, operator va tasvirlarni tasmalash jamoasining boshqa a’zolari o‘rtasidagi muloqot va hamkorlikning ahamiyati, ularning mushtarak sa’y-harakatlari tomoshabinlarga manzur bo‘ladigan va his-tuyg‘ularni junbishga keltiruvchi filmlarni yaratishga naqadar hissa qo‘shishi haqida so‘z yuritildi.