Marina Tabassum bilan maruza
4-oktabr kuni Toshkent shahrida me’mor va murabbiy, “Marina Tabassum Architects” (MTA) asoschisi Marina Tabassum bilan “Mahalliy zamin: Marina Tabassum bilan me’moriy sayohat” mavzusida suhbat bo‘lib o‘tdi. 30 yillik ijodiga tajribasiga tayanib, Marina Tabassum me’morchilik mahalliy kontekst bilan chuqur bog‘lanishi va shu bilan birga umumjahion me’moriy muloqotning bir qismi bo‘lib qolishi mumkinligi haqida so‘zlab berdi.
Bangladeshning geografiyasi va iqlimi, mahalliy ashyolari, hunarmandchilik an’analari va jamoalari misolida u loyihalashni boshlashdan oldin joyni tushunish va mahalliy bilimlarni me’moriy yechimlar uchun muhim manba sifatida qabul qilish naqadar muhimligini ta’kidladi. Marina Tabassum o‘z loyihalarida ushbu yondashuvni loy va g‘ishtdan foydalanish, iqlim xususiyatlarini hisobga olgan holda me’moriy yechimlar va mahalliy hamjamiyatlar bilan o‘zaro hamkorlik orqali amalga oshiradi.
Suhbatning asosiy mavzularidan biri arxitekturaning makon va zamon bilan bog‘liqligi bo‘ldi. Marina Tabassum me’morchilik qanday qilib tabiiy va ijtimoiy sharoitlarni hisobga olishi va shu bilan birga madaniy shart-sharoitlar bilan aloqani saqlab qolishi mumkinligi haqida gapirdi.