Edgardo Osorio bilan ochiq suhbat
9-noyabr kuni Toşkent Zamonaviy san’at markazi Özbekiston kreativ parki bilan hamkorlikda “Aquazzura” asosçisi va ijodiy direktori Edgardo Osorio bilan “Etikdözlik san’ati: ijodkorlik, hunarmandçilik va dizayn” mavzusida ochiq suhbatga mezbonlik qildi.
Suhbatda Osorioning xalqaro miqyosda e’tirof etilgan haşamatli poyabzal xosnom shirkatini yaratiş yöli, poyabzal dizaynining ijodiy va texnik jarayonlari haqida söz bordi. U qulaylikning muhimligi, mohir hunarmandlarning örni va zamonaviy dizayn orqali an’anaviy hunarmandçilikni saqlab qolişning ahamiyatiga urğu berdi.
Şuningdek, Osorio madaniy an’analar va sayohatlarning uning ijodiy amaliyotiga ta’siri hamda mustaqil moda brendini rivojlantiriş muammolari xususidagi mulohazalari bilan örtoqlaşdi.