CCA Tashkent “Art Bazel Parij” da

CCA Tashkent “Art Bazel Parij” da

Dunyoning eng nufuzli san’at tadbirlaridan biri — “Art Bazel Parij” doirasida Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi 2026-yil mart oyida ochilishi rejalashtirilgan Toshkent Zamonaviy san’at markazi (CCA Tashkent) loyihasini taqdim etdi.

Mashhur “Studio KO” me’morchilik byurosi tomonidan yaratilgan installyatsiya markazning me’moriy konsepsiyasini – an’ana va zamonaviylik uyg‘unlashgan makonni – namoyon etdi. Ekspozitsiyaning markazidan joy olgan Atelier Misto tomonidan bronza va jezdan yasalgan aylanma maket harakat, ochiqlik va ijod energiyasining timsoliga aylandi.

Ushbu tadbir 2026-yilda Toshkentda ochiladigan Zamonaviy san’at markazi sari muhim qadamlardan biri bo‘lib, O‘zbekiston zamonaviy san’ati jahon sahnasida o‘zining munosib, ishonchli va ilhom baxsh o‘rnini egallashga tayyor ekanini yana bir bor eslatdi.

Radio track cover
RADIO 01/03
- -
0:00
0:00
0:00
Pleylist 3 tracks