Rezidensiyalar

Konsepsiyasi va Maqsadi

IMAGE 2024-10-09 16:08:45

 

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Toshkent shahrining tarixiy mahallalarini, ularning o‘ziga xosligi va madaniy-tarixiy merosini yanada asrab-avaylash bo‘yicha o‘z faoliyatiini davom ettirib,  Toshkentning “Eski shahar”qismida badiiy turar joy (art rezidensiya)lar tashkil etish tashabbusi bilan chiqmoqda. Loyiha “Studio KO” me’morchilik byurosi (Marokash) bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
Ushbu loyihani amalga oshirish, birinchi navbatda, madaniyat va san’at sohasini davlat tomonidan
qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, ehtiyotkorlik bilan asrash va uning asl holatda saqlanishiga qaratilgan qulay shahar muhitini yaratish loyihalarini ishlab chiqish bilan bog‘liq.

Art-rezidensiya – bu tajriba almashish, madaniyatlararo muloqot va qo‘shma badiiy loyihalarni amalga oshirish uchun qulay platforma. Madaniy almashinuvning ushbu shakli turli madaniyatlar o‘rtasidagi o‘zaro tushunishga yordam beradi. Rezidensiyalarda ishlaydigan rassomlar mezbon mamlakat tarixi
va o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganadi.

Art-rezidensiyalarda rassom uchun yashash va ishlash uchun barcha sharoitlar mavjud. Ular zarur bo‘lgan barcha narsalar bilan ta’minlanadi: ijodiy studiya, ularning ishi uchun materiallar va vositalar, shuningdek, yashash paytida amalga oshirgan ishlarini muhokama qilishlari mumkin bo‘lgan tashrif buyuruvchilar bilan muloqot qilish imkoniyati.
Ijodiy makonni tashkil qilish uchun ikkita obyekt tanlandi.

Birinchisi Namuna mahallasida joylashgan bo‘lib, u erda Matkarimboy madrasasi tiklanadi va uning an’anaviy me’moriy qiyofasi san’at maskani sifatida saqlanib qolinadi. Ikkinchisi Hastimom mahallasidagi sobiq maktabgacha ta’lim muassasasi binosida joylashgan. Ushbu mahallalar Toshkent shahrining Olmazor tumanida joylashgan.

Namuna

Namuna mahallasi hududi art-rezidensiyaning asosiy qismi bo‘lib, u erda ko‘pchilik aholining yashash joylari, badiiy ishlab chiqarish ustaxonalari, taqdimot, jamoat dasturlari va madaniy hordiq chiqarish tadbirlari uchun joylar bitta hududda joylashgan.
Tarixiy madrasa binosi zamonaviy san’at, dizayn, hunarmandchilik, me’morchilik, oshpazlik san’ati, kino va ovoz san’ati bilan shug‘ullanadigan to'rt kishini sig‘dira oladi.

Namuna mahallaning lokatsiyasi

Shuningdek, bosmaxona, kulolchilik, to‘qimachilik va yog‘och o‘ymakorligi ustaxonalari joylashgan yangi ishlab chiqarish binosi mavjud.
Taklif qilingan san’atkorlar uchun ovoz yozish studiyasi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Bundan tashqari, Namuna mahallasidagi art-rezidensiyada turli tadbirlar uchun ko‘rgazma zali, do‘kon, kafe, bog‘ va ochiq jamoat joylaridan foydalanish imkoniyati yaratiladi.
IMAGE 2024-10-14 13:57:37IMAGE 2024-10-14 14:00:41

Hast Imom

Hast Imom mahallasida bitta rezident uchun mehmon xonasi, uchrashuvlar zali, bog‘ va kichik hovlisi bo‘lgan yashash joylari mavjud. 

Shuningdek, art-rezidensiyaning ma‘muriy binolari, shuningdek, hudud rekonstruksiya qilinganidan keyin asl joyiga tiklangan kichik novvoyxona joylashtiriladi. 

Hast Imom mahallaning lokatsiyasi

Ushbu yashash joylari tadqiqotchi yoki kurator uchun moʻljallangan boʻlib, ilmiy ish va mahalliy jamoa bilan hamkorlik qilish uchun noyob makon yaratadi. Shuningdek, ushbu hududda tadqiqot kutubxonasi tashkil etiladi, u Markaziy Osiyodagi birinchi kuratorlik tadqiqot kutubxonasi boʻlishi rejalashtirilgan boʻlib, Xast Imomni intellektual va madaniy almashinuv markazi sifatida yanada mustahkamlaydi.

IMAGE 2024-10-14 14:14:15

 

IMAGE 2024-10-21 10:29:48

Open call

Tez kunlarda 

Rezidensiya san'atkorlari

Tez kunlarda