Toshkentdagi Zamonaviy sanʼat markazi Badiiy qarorgohlari: yangi iste’dodlar, yangi muloqotlar

Toshkentdagi Zamonaviy sanʼat markazi Badiiy qarorgohlari: yangi iste’dodlar, yangi muloqotlar

Shu sentabr oyida 3 hafta davomida Zamonaviy san’at markazi Badiiy qarorgohlari Toshkentda 4 nafar yangi san’at namoyandalarini o‘z bag‘rida qarshi oldi, ularning har birlari madaniyatlar, ixtisosliklar va tarix o‘rtasidagi muloqotni kengaytiruvchi betakror ijodiy yondashuvni olib keladilar.

Britaniya va eronlik rassom va modelyer Paria Farzaneh liboslar xotira va qarshilik zamiri sifatida o‘rganadi. Uning asarlari fors ikonografiyasi va to‘qimachilikni zamonaviy siluetlar bilan uyg‘unlashtirib, madaniy meros va o‘zgarishlarning madaniyatlararo tilini yaratgan holda qotib qolgan qarashlarga chaqiriq tashlaydi. 

“ISSMAG” va “Prolog.Vision” platformalarining asoschisi va rassomi Dishon Yuldash haykaltaroshlik, me’morchilik va migratsiya masalalari tutashgan chorrahada ijod qiladi. O‘zbekistonda tug‘ilib, Qozon shahrida voyaga yetgan va hozirda Bangkokda istiqomat qiluvchi Dishon o‘z ijodida madaniy gibridlik va noixtiyoriy ko‘chib o‘tishlarni tadqiq etadi, jarohat va davolanish bosqichlarini organik va texnologik chegaralarga barham beruvchi haykaltaroshlik shakllariga singdiradi.

Tarixchi va ilmiy muhofiz d-r Vivek Gupta Hindiston subqit’asi, Markaziy Osiyo va Eron san’ati va me’morchiligini o‘rganadi. Uning tadqiqotlari Temuriylar davridan boshlab hozirgacha bo‘lgan madaniy oqimlarni o‘rganib, Janubiy va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi munosabatlarni aniqlaydi. Hozirda yetakchi xalqaro ilmiy stipendiyalar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan holda V.Gupta Fitsuilam muzeyida Boburiylar musiqasi va san’atiga bag‘ishlangan ko‘rgazmaga ilmiy muhofizlik qilmoqda.

Londonda yashab, ijod qiluvchi misrlik rassom Sami El-Enani elektroakustik kompozitsiya, badiiy qurilma va kino sohasida ovozlar bilan ishlaydi. Uning mukofotlar bilan taqdirlangan amaliy ishlari musiqa yozishdan tortib badiiy filmlargacha, ovozni birdamlik va aks-sado vositasi sifatida tadqiq etish orqali badiha kollajlarini yaratishgacha bo‘lgan ijod namunalarini qamrab oladi.

Birgalikda ushbu rezidentlar moda, haykaltaroshlik, tadqiqot va ovoz orqali tarix, o‘zlik va kelajakni bog‘laydigan yangi istiqbollarni taklif etib, jahon miqyosidagi badiiy iste’dod sohiblarining naqadar sermazmun ekanligini o‘zida namoyon etadi.