Vaqf
08.06.21-14.07.21
“Toshkent. Vaqf” loyihasi “O‘zbekiston Langari” og‘zaki xalq rivoyatlari va dolzarb yashash muhitini o‘rganish bo‘yicha loyihalarining davomi hisoblanadi.
Vaqf – musulmon qonunchiligida davlat yoki shaxs tomonidan diniy yoki xayriya maqsadlarida berilgan mulk. Vaqf ko‘chmas va ko‘char ajralmas
mol-mulkni o‘z ichiga olishi mumkin, faqat foyda (daromad) olib keladi, ammo sarflanmaydi. O‘z mol-mulkini vaqfga bag‘ishlagan vaqf asoschisi deb ataladi.
Toshkent shahri tirik organizm sifatida o‘z maromi va hayot hodisalariga, faoliyat va dam olish vaqtiga ega. U nafas olish, energiya, o‘z-o‘zini anglash, o‘ziga xoslik, tashqi ko‘rinish, ahloq, ba’zi voqealarni nishonlash yoki xotirlash
va favqulodda vaziyatlarga javob berish usullariga ega va eng muhimi, tabiat bilan bog‘liqlik.
Qadim zamonlardan beri odamlar hayot bilan uyg‘unlikni izlashgan – bu koinot hodisalari bilan bog‘liq bo‘lgan va o‘z kodiga ega bo‘lgan arxeologiya yodgorliklari.
Toshkent yodgorliklari Markaziy Osiyo tarixidagi tarixiy voqealar va shaxslar bilan bog‘liq muhim ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi va Toshkent me’morchiligi Markaziy Osiyo me’morchiligi an’analari va ularining umumiy yo‘nalishida tipologiya, inshootlar va bezaklarni o‘ziga xos talqin qilishda rivojlanganligini ko‘rsatadi.
XIX asrning yarmidan Toshkent ikki xil ko‘rinishga ega shaharga aylandi, o‘rta asrlar va Evropaning ikkita radial halqa tizimlaridan iborat bo‘lib, ushbu ikki qismli shahar asosida notinch urbanizatsiya sharoitida Toshkent me’morchiligi muammosini hal qildi – o‘tmishga hurmat bajo keltirish va kelajak xotirasida tasdiqlash imkonini beradigan hozirgi zamon va qadimgi zamonlarning uyg‘unlashuvi vujudga keldi.
Bugungi kunda Toshkent jadal rivojlanayotgan shahardir. Yangi binolar, me’moriy inshootlar qurilmoqda. Biroq, biz zamonaviylik va innovatsiyalarga intilishda uzoq o‘tmishdan cho‘zilgan ipni yo‘qotmadikmi, geometrik makonda ma’no yo‘qolganmi? Bugungi kunda san’at olami bu savolga javob izlamoqda...
Ko‘rgazma ishtirokchilari: Viktor An, Vyacheslav Useinov, Ildar Sodiqov, Polina Po‘latova, Baxtiyor Nabiyev, Zohid Rahimxodjayev, “CCA Lab” loyihasi ishtirokchilari Muhitdin Risqiyev, Laziza Tulaganova, Aziza Po‘latova, Valeriya Kim.