Toshkentdagi Zamonaviy san’at markazi badiiy qarorgohlari: fikr almashish, mahorat va ijodkorlik
Toshkentdagi Zamonaviy san’at markazi badiiy qarorgohlari: fikr almashish, mahorat va ijodkorlik
So‘nggi bir oy mobaynida Toshkentdagi Zamonaviy san’at markazidagi turg‘un musavvirlarimiz o‘zlarining badiiy qarashlari, tajribalari va mahoratlarini jamoatchilik bilan baham ko‘rib, bebaho hissa qo‘shdilar. Ularning ishlari ilg‘or amaliyotlar va fanlararo tadqiqotlarga chuqur sodiqlikni aks ettiradi.
Jamila Sadat tajribali afg‘onistonlik rassom bo‘lib, tazhib zarhalkori naqqoshligi, xattotlik va qo‘lyozmalarni saqlashga ixtisoslashgan. U an’anaviy afg‘on va fors amaliy san’at, jumladan, Makka-yu Mukarrama xattotlik loyihasi va Ipak Qur’oni Karimi kabi yirik loyihalar bilan o‘n yildan ortiq tajribaga ega. Ijodiy tashrifi doirasida Jamila o‘z tajribasi va ishtiyoqini Zamonaviy san’at markazi hamjamiyati bilan baham ko‘rishda davom ettirib kelmoqda.
Attiya Sheroz – Londonlik mustaqil san’at namoyandasi bo‘lib, Janubiy Osiyo va uning diasporasining tasviriy san’ati, musiqasi va madaniy tarixining o‘zaro bog‘liqligini o‘rganadi. Yaqinda u boburiylar miniatyura san’atini musiqa, she’riyat va marosim amaliyotlari bilan uyg‘unlashtirgan “Uyg‘onish: sufiy musiqasi va Janubiy Osiyo xotin-qizlari” (2024) loyihasiniga badiiy rahbarlik qildi. Zamonaviy san’at markazida Attiya o‘zining tadqiqot loyihalari va fanlararo muloqotlari bilan jamoatchilikni jalb etadi.
Sarvinoz Meliqo‘ziyeva o‘zbekistonlik tasviriy san’at va rangtasvir ustasi bo‘lib, o‘z ijodida an’anaviy va zamonaviy yondashuvlarni uyg‘unlashtiradi. Uning asarlari xalqaro ko‘rgazmalarda namoyish etilgan va mukofotlarga sazovor bo‘lgan, jumladan, Shahrisabzdagi Xalqaro san’at festivalida oltin medalni qo‘lga kiritgan (2023). Sarvinoz ijodiy safari davomida izlanuvchi va muallima sifatida bilimlarini baham ko‘rishish orqali badiiy qarashlarini yuksaltirishda davom etadi.
Badiiy qarorgohdagi mazkur tashriflar orqali Toshkentdagi Zamonaviy san’at markazi rassomlarning ijodiy yo‘llarini qo‘llab-quvvatlab, mahalliy va xalqaro badiiy hamjamiyatni boyitib, faol g‘oya va uslubiy almashinuvga hissa qo‘shmoqdalar. Dastur san’at bilan tajriba-sinovlar, hamkorlik va mazmunli o‘zaro muloqotning muhimligiga urg‘u berishni davom ettiradi.