CCA Radio: endi efirda

CCA Radio: endi efirda

CCA Radio — bu Timur Azim tomonidan tuzilgan ovoziy tajriba bo‘lib, u DJ-setlar, cholg‘u ijrolari hamda mahalla va bozorlarning ohanglarini aks ettiruvchi gibrid formatlarni o‘z ichiga oladi. Dastur, shuningdek, kelgusidagi ko‘rgazmalarga oid saundtreklar hamda Global Majority’ga mansub mahalliy va xalqaro san’atkorlarning maxsus chiqishlarini namoyish etadi.




Timur Azim (Timtempo) – Chirchiq sanoat shahrida tug‘ilib, Toshkentda yashab, ijod qiluvchi dijey, prodyuser, Zamonaviy san’at markazining musiqashunos muhofizi va “Plovistan” promouteri.

“Mazkur musiqiy to‘plamda men Toshkentdagi Zamonaviy san’at markazi tadbirlarida taqdim etiladigan musiqiy yo‘nalishlarni, shuningdek, elektron va indie musiqiy taronalarining Markaziy Osiyo qo‘shiqlarining afsonaviy ohanglari bilan o‘zaro bog‘liqligini namoyish etmoqchiman. Bunda o‘zbekistonlik mustaqil san’atkorlarning o‘rnini alohida ta’kidlashni istardim, ularning musiqasi meni chinakamiga ilhomlantiradi”.

Quyida uning ilk sara taronalarini tinglashni boshlang.