San’at, me’morchilik va jamoat hayoti: Toshkent Zamonaviy san’at markazining birinchi yil dasturi

San’at, me’morchilik va jamoat hayoti: Toshkent Zamonaviy san’at markazining birinchi yil dasturi

Toshkent Zamonaviy San’at Markazi (ZSM) 2026-yil 21-martda O‘zbekistondagi zamonaviy san’at, tadqiqot va jamoat faoliyatiga bag‘ishlangan birinchi doimiy muassasa sifatida jamoatchilikka ochiladi. Markazni Gayane Umerova tashkil qilgan bo‘lib, u O‘zbekiston Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasi tomonidan boshqariladi. Markaz O‘zbekiston, Markaziy Osiyo va xalqaro san’at olami doirasidagi san’atkorlar, mutafakkirlar va tomoshabinlarni bog‘laydigan ochiq va inklyuziv madaniy makon sifatida tasavvur qilinadi.


Toshkentning markazida joylashgan inshoot 1912-yilda shaharning birinchi tramvay liniyasi uchun dizel stansiyasi va depo sifatida qurilgan sanoat binosida faoliyat yuritadi. Bino mashhur fransuz me’morlari Studio KO tomonidan ehtiyotkorlik bilan qayta tashkil etilgan bo‘lib, uning sanoat xarakteri saqlanib qolgan, shu bilan birga an’anaviy o‘zbek materiallari, yorug‘likni filtrlaydigan me’moriy motiflar va turli san’at amaliyotlari hamda jamoat tadbirlarini qo‘llab-quvvatlaydigan moslashuvchan galereyalar orqali yangicha talqin qilingan.


Baadiy rahbar va bosh kuratori Dr Sara Raza boshchiligida, ZSM yil davomida ko‘rgazmalar, jamoat tadbirlari, ta’lim va tadqiqotlarni o‘z ichiga olgan dasturini taqdim etadi. Ochilish dasturining markazida 21-martdan 30-iyungacha davom etadigan "Hikmah" ko‘rgazmasi turadi. Dr Raza badiit rahbarligida qilingan Hikmah — o‘zbekcha “hikmat” ma’nosini anglatadi — markazning me'morchiligi va makon tarixiga javob beradigan  asarlarni jamlaydi. Ko‘rgazmada Muhannad Shono, Nari Uord, Shohruh Rahimov va Tariq Kisvanson tomonidan maxsus tayyorlangan asarlar, shuningdek Kimsuja va Ali Cherri asarlari, Nadi Kaabi-Linke tomonidan Solomon R. Guggenhaym muzeyidan ijaraga olingan asarlar hamda Vladimir Pan, Daribay Saipov va Baxtiyor Saipovning Nukusdagi Savitsky muzeyidan tarixiy asarlari namoyish etiladi.


Toshkentdagi dastur bilan bir qatorda, ZSM xalqaro loyihalarni ham taqdim etadi, bu orqali o‘zbek zamonaviy san’ati global muloqot maydoniga kiritiladi. 2026-yil may oyida Vyacheslav Axunov:  "Tafakkur vositalari" ko‘rgazmasi  Venetsiyadagi Franketti saroyida 61-Xalqaro san’at biyennalesi doirasidagi qo‘shimcha loyiha sifatida ochiladi. Ko‘rgazma san’atkorning besh o‘n yillik amaliyotini, shu jumladan 1970-yillarda amalga oshmagan va ilgari ko‘rilmagan asarlarni taqdim etadi. Yil davomida "Kabakov: Kosmik energiya markazi" ko‘rgazmasi, taklif etilgan kurator Zelfira Tregulova tomonidan kuratsiya qilingan holda, Markazni tasavvur, energiya va umid g‘oyalari bilan bog‘liq muhitga aylantiradi.


Jamoat dasturlari markazning fuqarolik va madaniy uchrashuv maydoni sifatidagi missiyasining markazida turadi. Markaz Navro‘z gala festivali (21–23 mart 2026) bilan ochiladi, undan keyin  Me’morchilik uyushmasining O‘zbekistondagi Sayyor maktabi dasturi, London shahridagi Me'morchilik uyushmasi bilan uch yillik hamkorlikni o‘z ichiga olgan keng qamrovli dastur boshlanadi. Yoz davomida “Toshkentning yoz kunlari” shaharning turli mahallalarini yetti haftalik jamoat san’ati festivali orqali faollashtiradi, dekabr oyida esa "Tashkent Film Encounters" dasturi tarixiy Toshkent Xalqaro Kinofestivali merosini nishonlaydi va uni yangi talqin qiladi.


Markaz barcha uchun bepul ochiq bo‘lib, kutubxona, ustaxona maydonlari, Badiiy Qarorgoh, ta’lim va professional rivojlanish imkoniyatlarini taqdim etadi. Toshkent Zamonaviy san’at markazi — muloqot, tajriba va madaniy almashinuv uchun umumiy makon sifatida shakllantirilgan bo‘lib, bugungi san’at amaliyotini qo‘llab-quvvatlash bilan birga, O‘zbekistonda va chet elda madaniyat sohasidagi keyingi avlod mutaxassislariga investitsiya qiladi.