ZSM Mayami Bazel Design ko‘rgazmasida ishtirok etdi
Shveytsariyada o‘tkazilgan Design Miami/Basel 16-ko‘rgazmasida Jamg‘arma Fransiyaning Studio KO me’morchilik byurosi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan Toshkentdagi Zamonaviy san’at markazining me’morchilik konsepsiyasini taqdim etdi.
Dizayn Mayami/Bazel 30 dan ortiq xalqaro galereya va dizaynerlar tarkibidan iborat yetakchi dizayn yarmarkasidir. U sara to‘plamlar dizayni, innovatsion konsepsiyalar, me’moriy kashfiyotlar va bir qator jonli suhbatlar orqali dunyoni birlashtiradi va Art Bazel bilan parallel ravishda bo‘lib o‘tadi. Bu yil ko‘rgazma kurator Mariya Kristina Didero tomonidan mualliflik qilingan “Oltin asr”mavzusiga bag‘ishlandi.
Maxsus loyihalar sho’basi doirasida Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tashrif buyuruvchilarga Studio KO tomonidan Toshkentdagi 1912-yilda qurilgan dastlab g‘ishtdan qurilgan, O‘zbekiston poytaxtidagi birinchi tramvay yo‘nalishini ta’minlab, dizel elektr stansiyasi sifatida foydalanilgan binoni ta’mirlash uchun ishlab chiqilgan me’morchilik konsepsiyasini namoyish etdi.
Konsepsiyani ishlab chiqishda KO Studiosi maket bo‘yicha rassom va “Atelier Misto” asoschisi Mitze Muchiarelliga maketni yaratish loyihani ishlab chiqishda qanday yordam berishi mumkinligi haqidagi masala bilan murojaat qildi. Yog‘och va sun’iy toshning bir turi hisoblanmish qora koriandan konseptual model yaratilgandan so‘ng ikki oy o‘tgach, yakuniy 1:100 miqyosli loyiha nusxasi yaratildi, u tayyor binoning markazida o‘z o‘rnini egallaydi. Taqdimnomada tashrif buyuruvchilar markazning 3D-modelini ko‘rib, jamg‘armaning mintaqada o‘ziga xos maskanni yaratishga oid pirovard maqsadi haqida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘ldilar.