Muhannad Shono, Toshkent shahridagi rezident rassom

2025-yilning mayda Toshkentdagi Zamonaviy san’at markazi Saudiya Arabistoni zamonaviy san’atining yetakchi vakillaridan biri Muhannad Shononi rezident rassom sifatida qabul qildi. Saudiya Arabistonida cherkes muhojirlari oilasida voyaga yetgan Shono “tabiiy” va “sahih” to‘g‘risidagi mavjud tushunchalarga chaqiriq tashlab, mansublik va xotira mavzularini o‘rganadi. Uning serqirra ixtisoslik ishlari hukmron mafkuraviy tizimlar qanday qilib yakka talqinlarni yaratishi hamda ko‘plik hamda tasavvur uchun maydonni cheklab qo‘yishi mumkinligini taadqiq etadi.
Shono Saudiya Arabistonini 59-Venetsiya biennalesi (2022)da tamsil etgan va MACBA, Desert X, Abu-Dabi Luvri, Britaniya muzeyi va “Haus der Kulturen der Welt” xalqaro ko‘rgazma maydonlarida qatnashgan.
2024-yilda u Fransiya san’at va adabiyot ordeni ritsari unvoni sohibi bo‘lgan va Jiddadagi II Islom san’ati biennalesida zamonaviy san’at muhofizi etib tayinlangan.
Uning asarlari Britaniya muzeyi, Abu-Dabi Luvri, Art Jameel, Pompidu markazi, Ithra, Qora oltin muzeyi va Ol-Mansuriya jamg‘armasi kabi yirik sara to‘plamlarda saqlanadi.
O‘zining rezidentlik davrida Shono Zamonaviy san’at markazining bo‘lajak ilk ko‘rgazmasi uchun yangi asari ustida ijod qilmoqda.
Zamonaviy san’at markazi uning amaliy ishlarini qo‘llab-quvvatlash sharafiga muyassar bo‘ldi va tez orada uni san’at ixlosmandlari bilan baham ko‘rishishni intiqlik bilan kutib qoladi.