O‘zbekistonda yashovchi rassomlar uchun ochiq tanlov

Ochiq Tanlov

O‘zbekistonda yashovchi rassomlar uchun ochiq tanlov

Toshkent Zamonaviy San’at Markazi (CCA) ijodiy orzularni ro‘yobga chiqarishga intilayotgan, faoliyati endigina boshlanayotgan yoki ijodiy yo‘lida tajriba orttirgan o‘zbek rassomlari va dizaynerlarini ochiq tanlovda ishtirok etishga chorlaydi.

Mazkur rezidensiya loyihasi ijodiy chegaralarni kengaytirish, yangi g‘oyalar tasavvurini boyitish va hamfikrlar doirasini shakllantirish uchun yaratilgan.


Namuna va Hazrati Imomning tarixiy mahallalarida joylashgan markazimiz rassomlar uchun qulay ustaxonalar, yashash sharoitlari hamda hamkorlik va san’at rivoji uchun ilhomlantiruvchi muhitni taqdim etadi.


Rezidensiya sanalari: 2025-yil 1-sentyabr – 30-sentyabr

Ariza topshirish muddati: 18-avgustgacha

Ariza yuborish uchun manzil: info@ccat.uz 

 


Ariza uchun talablar (hujjatlarning biri yetishmasa, ariza rad etiladi):

Qatnashish uchun quyidagi ma'lumotlarni tayyorlash talab etiladi:

  • Maqsad kelitirilgan motivatsion xat (1 betdan oshmagan)
  • PDF formatida yig'ma jild- (10 betgacha)
  • Ijodiy faoliyat haqida qisqa ma’lumot va o‘tkazilgan ko‘rgazmalar ro‘yxati.