Mohamed Benchellal Toshkentda

Mohamed Benchellal Toshkentda

Zamonaviy san’at markazining badiiy qarorgohlar dasturi mashhur niderlandiyalik va marokashlik dizayner, “Vogue Fashion” mukofoti va “Fashion Trust Arabia” jamg‘armasi sovrindori Mohamed Benchellalni olqishlashdan mamnundir.

Ikki oy davomida u Toshkentda bo‘lib, O‘zbekistondan ilhomlangan moda, madaniyat va makonning o‘zaro ta’sirini o‘rganuvchi yangi loyiha ustida ishlaydi.

Mohamed Benchellal modani san’at uslubi sifatida qayta ko‘rib chiqadi. Uning haykaltaroshlik va me’morchilik asarlaridan qirolichalar, Gollivud yulduzlari va moda afsonalari: Alisiya Keys va Priyanka Chopradan tortib to Sheron Stoun va Ayris Apfelgacha shaxsan foydalanganlar.

2015-yilda o‘zining “Benchellal” brendiga asos solganidan buyon u ekologiya va ayollar tanasining o‘ziga xosligi va kuchiga alohida e’tibor bergan holda nolikvid ashyolardan ajoyib liboslar yaratib keladi.

Bugungi kunda uning ishlari dunyoning eng yirik muzeylarida, jumladan, Gonkong, Niderlandiya va Qatarda namoyish etilmoqda. Uning Amsterdamdagi kichik atelyesidan to jahon moda sahnasigacha bo‘lgan ijod yo‘li minglab odamlarni ilhomlantirishda davom etmoqda.