Bahodir Jalolning “Modernizm freskalari” ma’ruzasi
22 iyul kuni Zamonaviy san’at markazida O‘zbekiston xalq artisti Bahodir Jalolning “Modernizm freskalari” nomli ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi. Bahodir Jalol atoqli san’at arbobi, professor, SSSRning qator davlat mukofotlari va O‘zbekiston Respublikasi mukofotlari sohibidir. Jalol oʻzining hashamatli sanʼat asarlari, Oʻzbekistonning turli shaharlarida koʻplab devoriy suratlari bilan shuhrat qozongan. Uning freskalari fazoviy, egiluvchan va bo‘rtma xususiyatlari, shahar madaniy makonini shakllantirishda uning uzviy qismiga aylanish salohiyati bilan benazirdir. Rassom o‘z asarlarida murakkab siluet va rakurslarga murojaat etib, ba’zida jismlarni makonda tamanno ila suzib yurishga majbur qiladi. Ma’ruzada rassom o‘zining ko‘p yillik ijodiy yo‘li, shuningdek xalqaro ko‘rgazmalarda namoyish etilgan o‘zining bir qancha asarlari haqida hikoya qilib berdi. Ma’ruzada o‘z kasbining ustalari bo‘lmish soha vakillari – rassomlar, san’atshunos, me’mor va muzeyshunoslar ishtirok etdilar. Tadbir o‘yga toldiruvchi savol va javoblar bilan o‘z nihoyasiga yetdi.