Art - residensiyalar ochilishi
03.10.24
2024-yil 3-oktabrda Zamonaviy san’at markazi o‘zining birinchi Art-rezidensiyalar dasturini rasman boshladi. Dastur uchun xalqaro tanlov komissiyasi tayinlandi va ZSM tez orada rassomlar va kuratorlar uchun ochiq tanlovni boshlaydi.
Art-rezidensiyalar Toshkentning tarixiy mahallalari – Namuna va Xast Imomda joylashgan bo‘lib, u yerda Fransiyaning mashhur “Studio KO” arxitektura byurosi loyihasi bo‘yicha madaniy meros ob’ektlari restavratsiya qilindi.
Jamg‘arma Og‘a Xon madaniy meros jamg‘armasi bilan hamkorlikda “Namuna” mahallasidagi masjid va madrasani restavratsiya ishlarini olib bordi. Qayta tiklash ishlari mahalliy quruvchilar, duradgorlar va tosh ustalari tomonidan olib borilib, hunarmandlarning yosh avlodiga ustozlik qilish va mahoratini oshirishga alohida e’tibor qaratildi. “Namuna” mahallasidagi eski masjid binosi qayta tiklanib, ko‘rgazma maydoniga aylantiriladi va uning yonida “Studio KO” loyihasi bo‘yicha kafe va ustaxonalarga ega yangi bino quriladi.
Art-rezidensiyalar dasturi mahalliy va xalqaro rassomlar, dizaynerlar
va tadqiqotchilar oʻrtasida aloqa oʻrnatgan holda Oʻzbekiston rassomlari bilan hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan. Dasturning muhim qismi Toshkent shahri aholisini zamonaviy sanʼat haqida koʻproq oʻrganish va Oʻzbekiston madaniy merosi bilan aloqalarini mustahkamlash imkonini berish uchun jalb etishdan iborat.
Rezidensiyalar yiliga uch marta tashkil etilib, har biri sakkiz hafta davom etadi
va dunyoning turli burchaklaridan yangi paydo bo‘lgan hamda taniqli rassomlar va kuratorlarni qabul qiladi. Har bir guruhda O‘zbekistondan bittadan vakil ishtirok etib, ular boshqa rassomlar bilan birgalikda atrof-muhitni o‘rganish, yaratish
va muloqot o‘rnatish imkoniyatiga ega bo‘ladi.