SAN’AT BIYENNALESI 2024

17.04 — 24.11.24

Venetsiya, Italiya

SAN’AT BIYENNALESI 2024

2024-yil 20-aprel kuni Venetsiyada (Italiya) 60-Venetsiya xalqaro san’at biyennalesi ochildi.
Ko‘rgazma kuratori Adriano Pedrosa tomonidan uning mavzusi “Chet elliklar har yerda” deb e’lon qilindi.  O‘zbekiston Milliy pavilonida Toshkentdagi Zamonaviy san’at markazi kuratorligida tashkil etilgan
“Imkoniyatingni  qo‘ldan boy berma” ko‘rgazmasi namoyish etildi. Ko‘rgazma loyihasi o‘zbek diasporasi rassomi Aziza Qodiriy tomonidan amalga oshirildi. Toshkentda joylashgan ayollar guruhi – “Qizlar” jamoasi va o‘zbekistonlik so‘zanachi hunarmand Madina Qosimboyeva bilan pavilon uchun ko‘rgazma yaratish ustida ishlagan.


“Imkoniyatingni  qo‘ldan boy berma”  ko‘rgazmasi  Markaziy Osiyo ayollarining tajribalari orqali mansublik va o‘ziga xoslik mavzulariga murojaat qiladi, ular migratsiya jarayonida qanday harakat qilishlari
hamda o‘zlarini qayta aniqlashlarini o‘rganadi.