Asalari uchganda

Djamshed Usmonov (Tojikiston)

Davomiyligi: 88 min

Yil: 1998

.

May 22, 2020 - May 29, 2020

Tojikistonning kichik bir qishlog'ida, beadab boylar o'z hovlisidagi hojatxonanini qo'shnisi, qishloq o'qituvchisi uyining derazasi oldida qurishdi. Doimiy yoqimsiz hidlardan g'azablangan va qo'shnisi xotiniga josuslik qilayotganiga amin bo'lgan o'qituvchi, qishloqdagi boy odamning zolimligi bilan kurashishni boshlaydi.

Djamshed Usmonov

Kinoga bo'lgan hayratomuz muhabbat tufayli nimalar qila olmaysiz

«Bolaligimda kinoni juda yaxshi ko‘rar edim, doim qishlog‘imizdagi kinoteatrga borardim. To‘rtinchi sinfgacha men a‘lo baholarga o‘qir edim va har bir besh baho uchun onam menga 10 tiyindan berardi, kino uchun chipta narxi bundan qimmatroq turar edi. Ammo, hayotim davomida bezori bolalarga qo‘shilib qoldim, tabiiyki, endi uydagilar menga 10 tiyindan bermay qo‘yishdi, lekin bari bir filmga bo‘lgan ishtiyoq yo‘qolmadi, shuning uchun ota-onamdan pul o‘g‘irlashga majbur bo‘ldim. Siz buni shunchaki qila olmaysiz, bularni barchasi kinoga bo‘lgan ajabtovur kuchli muhabbat tufayli edi»

Interviyu

CCA LAB ishtirokchilari Anastasiya Galimova va Viktor Kogaylar tomonidan tayyorlangan

Tojik rejissyori Djamshed Usmonov Markaziy Osiyo kinosining taniqli namoyandasidir, rejissyor asarlarida fikr erkinligi va ko‘tarilgan mavzularning g‘oyat dolzarbligi seziladi. "Asalari uchganda" kartinasi tomoshabinlarga ijtimoiy mavqeidan va moliyaviy ahvolidan qat‘iy nazar har kim o‘z sha‘nini himoya qilish va haqiqat uchun kurashish huquqiga ega ekanligini yana bir bor eslatib turadi. Ba‘zan, xalq donoligidan foydalanib, hatto yeng "olijanob xo‘roz"ni ham o‘z joyiga qo‘yib qo‘yishingiz mumkin.

 

Asarlaringizni tomosha qilayotganda syujet asosini tashkil etuvchi afsona hikoyalarning umumiy xususiyat kuzatiladi. Sizning dunyoqarashingizga ta‘sir qilgan biror bir afsona bormi?

«Afsonalar Markaziy Osiyo madaniyatining ajralmas qismidir, har bir qishloqda, har bir oilada tom ma‘noda avloddan avlodga o‘tadigan afsonalar mavjud. Aslida, mening barcha asarlarimda afsonalar mavjud emas, agarda ular ishlatilgan bo‘lsa taqdirda ham unda asosiy syujetni sozlash dastagi sifatida ishlatilgan bo‘lishi mumkin va bu yanada kuchli ovoz beradi. "Asalari parvozi" asariga keladigan bo‘lsak, shuni ta‘kidlash kerakki, filmdagi afsona mening oilam bilan bog‘liq, xuddi ana shu katta bobomga o‘xshash voqea yuz berganini ta‘kidlash joiz. U haqiqatan ham ijtimoiy adolatsizlikni tiklamoqchi edi va u muammoni tinch yo‘l bilan hal qila olmay, uning uyi yonida hojatxona qurgan boy odamdan o‘ch olishga qaror qildi. "Bobom raisga murojaat qilishga qaror qildi, ammo u yordam berishdan bosh tortdi, natijada bobosi butun qishloq uchun uyining yonida hojatxona qurdi va shu bilan birga uni o‘z joyiga qo‘yib qo‘ydi".»

"Asalari uchganda" filmi ijtimoiy adolatsizlik va siyosatga bag‘ishlangan. Sizningcha, Markaziy Osiyo xalqlarining mafkurasi va ijtimoiy tuzilishida biron bir o‘zgarishlar ro‘y berdimi?

«Hamma narsa o‘zgardi va shu bilan birga hech narsa o‘zgarmadi. Biroq, ijtimoiy adolatsizlik har doim bir shaklda yoki boshqa shaklda mavjud. Ba‘zida u yengilroq shaklda taqdim etilishi mumkin, ammo uning mavjudligi muqarrardir. O‘zgarishlarga kelsak, aslida zamonaviy dunyoni, shuningdek, turli davrlar haqida hukm chiqarish juda qiyin. Masalan, mening yoshligimda ijtimoiy adolat mavjud bo‘lib tuyulardi, lekin alohida imtiyozlarga ega partiyalar elitasi ham bor edi. Ehtimol, endi nimadir o‘zgargan, hozirda ko‘proq erkinlik bor. Odamlar yanada ochiqroq bo‘lishdi, ehtimol bu texnologiyaning rivojlanishi bilan bog‘liq, endi biz har qanday narsani topa olamiz, mutlaqo bezovta qilmaymiz, bu qandaydir erkinlik beradi va ehtimol faqatgina mustaqillik tuyg‘usidir. Ammo bunday keskin rivojlanish tufayli turli muammolar yuzaga keladi, shuning uchun insoniyatdan avval "biz yangilikka tayyormizmi?" deb so‘rash kerak. Lekin, endi bu mutlaqo boshqa savol».

Har bir insonning o‘ziga xos hayotiy pozisiyasi bor, sizning pozisiyangiz asosi nima? Hayotingiz davomida sizga hamroh bo‘lgan biron bir ibora mavjudmi?

«Bilasizmi, bizning yoshligimizda "kommunizm quruvchisi kodeksi" bor edi, aslida biz uchun hamma narsa haqida qaror qabul qilib bo‘lingan edi. Endi har kim o‘z fikri bilan yashaydi va o‘z hayotini quradi. Garchi har qanday davrda ham odam o‘zini yaratishga haqli. Mening hayotiy pozitsiyamning asosi - ozod bo‘lish istagi. Chexov aytganidek "O‘zingdan qullikni tomchilab siqib chiqar". Agar hayotim davomida menga hamroh bo‘lgan aniq haqiqatlar haqida gapiradigan bo‘lsak, bolaligimda buvim aytgan: "Erta tur va kuningni ish bilan boshla", "o‘g‘irlama" va "qimor o‘ynama". Lavozim o‘zgarishi mumkin, ammo prinsiplar saqlanib qoladi.»

Ma‘lumki, siz o‘z ishingizni o‘zingiz tug‘ilgan Tojikistonning shimolida tasvirga olgansiz. Buning uchun biron bir maxsus ma‘nosi bormi?

«O‘ylaymanki, rejissyor hammadan ko‘ra o‘zi yaxshi bilgan narsalar haqida film olishi kerak. Adabiyot va kino ham tasvirga olish jarayoniga o‘z ta‘sirini o‘tkazadi. Birinchidan, bu Uilyam Folknerning kitoblari, u bir joyni ixtiro qildi va uni turli xil belgilar bilan to‘ldirdi, hatto hudud xaritasini yaratdi. U bu joy haqida hamma narsani bilar edi, shuning uchun hudud va uning aholisini tasvirlash osonlashdi. Uning kitoblarini o‘qib chiqqach, men o‘zim bilgan joyda - tug‘ilib o‘sgan Ashtda ham filmlar suratga olishim kerak deb o‘yladim. Men u yerda 4 ta ijodiy ishimni tasvirga oldim.»

Tojikistonda va umuman Markaziy Osiyoda kinoning istiqbollari qanday?

«Fuqarolar urushidan keyin ko‘plab rejissyorlar Tojikistonni tark etdilar va yangi kino rivojlana boshladi. Zamonaviy kinoga kelsak, men Markaziy Osiyo rejissyorlari ishidan unchalik xabardor emasman, lekin shuni ta‘kidlashni istardimki, qozoq kinosi Yevropa festivallarida tez-tez uchib turadi, menimcha ularda juda yaxshi kino maktabi bor. Boshqa davlatlarga kelsak, biror narsa deyishim qiyin».

Parijda o‘z faoliyatingizni davom ettirishga, ilhom topishga va Yevropa mentalitetini his qilishga ulgurdingizmi?

«Yuqorida aytib o‘tganimdek, rejissyor yaxshi bilgan narsasini tasvirga olgani yaxshi bo‘ladi. Ammo men Fransiyada "Xotinning ishqiy munosabati" kartinasini suratga olishga qaror qildim, zo‘r kinoda ishlashga harakat qildim. O‘ziga xos rejissyorlar juda ko‘p va bu yerda kimnidir hayratda qoldirish qiyin, shuning uchun tezroq ishlash kerak. O‘ylashimcha, bu juda noyob tajriba».

Ishingiz uchun aktyor tanlashning asosiy mezonlari qanday?

«Men ham professional, ham professional bo‘lmagan aktyorlar bilan ishlashdan birday manfaatdorman. Men ular bir-birini to‘ldirishiga ishonaman.Kuzatuvlarga ko‘ra, ajablanarli narsani yuz berdi, ko‘pincha professional aktyorlar tamg‘a bosadilar va ko‘chada bir kishi bilan bir qatorda bo‘lishganda, professional aktyor mutlaqo boshqacha tarzda o‘ynaydi. Bundan tashqari, filmni suratga olish jarayonida men senariyni unutaman va atrofdagi barcha yaxshiliklarni filmga qo‘shaman. Masalan, "Asalari uchganda" filmidagi aktyorlarni tanlashda juda qiziq holat yuz berdi. Filmdagi mahalla noziri esingizdami? Shunday qilib, u tasodifan shunchaki tasvirga olish maydoniga keldi. Meni Koreyalik bir til bilmaydigan operatorim bor edi, biz bozorda tasvirga olishni kelishib oldik. Men bir muncha vaqtga tashqariga chiqdim, yana qaytib kelsam operator hibsga olingan ekan, militsioner uni josuslikda ayblab, uni ham meni ham panjara ortiga tiqdi. Bu vaqt davomida men militsiyaning qanday kinematografik bo‘lganiga hayron bo‘ldim, biz do‘st bo‘lib qoldik va men uni o‘z filmimga olishga qaror qildim. Umuman olganda, filmlarni suratga olishda men kuzatuvlar va tajribaga suyanaman».

Yosh rejissyorlarga qanday maslahat bera olasiz?

«Bilasizmi, bir ajoyib shoir bor va uning yaxshi iborasidan iqtibos keltirsam, "Dengiz qirg‘og‘ida o‘tirib, siz izlayotgan marvaridni hech qachon topa olmaysiz, siz suv topishingiz zarur va kit qorniga tushishdan qo‘rqmasligingiz kerak". Hech narsadan qo‘rqmang, chunki yoshlik beparvolikka berilgan bo‘ladi, hayotda hamma narsa juda oddiy».

Shuning bilan ko‘plab ijobiy fikrlarni qoldirgan ushbu "jonli" muloqot mana shu joyiga kelganda o‘z nihoyasiga yetdi.