"Kosh ba kosh"

Baxtiyor Xudoynazarov (Tojikiston)

Davomiyligi: 90 min

Yil: 1993

"Kosh ba kosh"

Aprel 24, 2020 - May 01, 2020

"Kosh ba kosh" – qadimgi zar o'yinida bu "yana va yana o‘ynalik" degan ma'noni anglatadi. Ibrohim kartada barcha mol-mulkini boy berdi. Qarzni olishga kelgan muttaxam zo‘rovonlar Ibrohimning qizini mulk toifasiga kiradi deb qaror qilishdi.

Baxtiyor Xudoynazarov

Kosh ba kosh. Toza tog‘ havosidagi portlash

Baxtiyor Xudoynazarov ijod yo‘lining boshlanishi zamonaviy Tojikiston tarixidagi og‘ir davrlarga to‘g‘ri keldi. Mamlakat muhim siyosiz voqealarga berilib ketdi, qolganlari esa ikkinchi darajaga tushib qolgan edi. Ammo mavjud vaziyat san'at sohasiga, hususan kinoning rivojlanishiga hech qanday ta'sir o‘tkazmadi. Biroq vaziyat keskinlashib, Baxtiyor Xudoynazarov kinosi shu qadar jonli va erkin ediki, qachon paydo bo‘lishi zarur bo‘lgan bo‘lsa, ayni o‘sha damda paydo bo‘ldi.

Rejissor haqida

Valeriya Kim, CCA LAB ishtrokchi

1992 yilda «Aka» debyut filmi muvafaqqiyatli chiqqanligidan so‘ng, u o‘zining ikkinchi « Kosh ba kosh» filmi ustida ish boshladi. Birinchi filmda ishlatilgan qora va oq gammadan uzoqlashish, rangli tasvirlarda filmyaratishni boshlash va yaxshiroq texnologiyalardan foydalanish imkoniyati mavjud bo‘ldi. «Kosh ba kosh» filmi kinostudiyadagi majburiy tanaffusdan so‘ng, Xudoynazarovning Sovet ittifoqi qulaganidan keyingi birinchi filmi edi. « Biz yana filmlar suratga olishni boshlaymiz degan umid bor edi. Hamma narsa o‘z iziga tushishini, yana tomoshabinlar uchun yaxshi, muvaffaqiyatli va zavqli filmlar tasvirga olishni umid qilgandik» - deb eslaydi film operatori Georgiy Dzalaev.

Birinchi «Aka » filmidagi kabi “Kosh ba kosh” filmida xam Xudoynazarov Dushanbe shahrida o‘sib-ulg‘aygan va bu shaharning hayoti bilan yaxshi tanish bo‘lgan yosh yigitning o‘z tajribasidan kelib chiqqan holda ishlagan. Film Dushanbe shahrining tog‘li relefi, tor ko‘chalari va tabassum yuzli aholisi fonida ikki sevishgan yoshlarning hikoyasiga asoslangan. Tasvirga olish jarayoni boshlanganda hech kim yaqin orada fuqarolar urushi boshlanishi va voqealar rivojlanib ketishini bilmagan edi. Tojikistonda harbiy holat joriy etilib, bir necha viloyatlarda, shu jumladan, poytaxtda ham komendantlik soati qo‘llanildi. Filmni suratga olish jarayoni voqealarga moslashtirilishi kerak edi. Dushanbe shahriga hujm qilish arafasida, tungi navbatchilikda shaharning markazida suratga olish ishlari amalga oshirildi. Dzalaevning so‘ziga ko‘ra, tasvirga olish guruhi shunchaki mo‘jiza tufayli talofatlarsiz ishlarini bajarishga muvaffaq bo‘lishgan: «Biz qurollangan odamlar nishoniga aylanmasligimizdan shubha qilmas edik. Nazarimda, ular yana zulmatda ishlayotgan tasvirga olish guruhini ko‘rishgan. Ularning bu yerda jang qilishi hayoliga ham kelmagan, ustiga ustak guruh bu yerda kino olayotgan edi». Tasvirga olish jarayoni bilan birgashu yerning o‘zida filmning asosiy syujetiga o‘zgartirishlar kiritilishi kerak edi: «Boshqacha yangi bir sharoitda yashayotganimizga ishora edi. Shu bois qahramonlarimizni yangi sharoitga moslashtirishga qaror qildik». Ish sur'atini saqlab qolish uchun barcha urinishlar bo‘lishiga qaramay, noyabr' oyida atrofda otishmalar bo‘lishi xavfining kuchayishi sababli to‘xtatildi. Aktyorlar Moskvaga evakuasiya qilindi, jamoa esa boshqa tinchroq joyda syujetga munosib tabiat topishni o‘ylardi. Rejisser Baxtiyor Xudoynazarov operatorlar va sahnalashtiruvchi rassomlar bilan birga Tojikistonda viloyatma viloyat kezib chiqishdi, bundan tashqari, xatto Qrimga safar qilishdi, ammo syujetga uyg‘un bo‘lgan joyni topisha olmadi.

Dushanbega qaytganimizda baxtimizga, vaziyat yumshab, holat barqarorlashgan ekan, keyin « Kosh ba kosh» filmini tasvirga olish ishlarini davom ettirdik. Georgiy Dzalaevning aytishicha: «bu holatlar bizni g‘azablantirdi, qandaydir notinchlik bor edi. Rejissyor yordamchilari harbiylar oldiga borib, muzokaralar o‘tkazishar edi. Ba'zan esa harbiylarning o‘zlari tasvirga olish jarayonlariga yordam berishar edi, kadrda mavjud bo‘lishi kerak bo‘lgan texnik vozitalari bilan ta'minlashar edi. Filmni tasvirga olish uchun tayinli senariy yo‘q edi. Asosiy syujet, uni boyitadigan obraz va bir necha qismlar tasvirga olish maydonchasining o‘zida paydo bo‘lar edi. Baxtiyor hamisha har qanday fikrni ochiq aytgan va filmga qiziqarli voqealarni kiritib borishga harakatqilgan. U doim atrofidan qandaydir belgi kelishini kutar edi. “Baxtiyor bilimli, ko‘p qirrali va aqilli odam edi. U juda himoyasiz, tasirchan va hissiyotlarga beriluvchan odam edi. U eng zo‘ri bo‘lishni hohlardi, shu sabab doim maxzun va ozroq baxtsiz bo‘lgan, o‘ylagan niyyatlari amalga oshishiga mutlaqo amin bo‘la olmas edi» - deb eslaydi rejissyor haqida film operatori va uning yaqin do‘sti Georgiy Dzalaev. Xudoynazarov o‘zining ichki ovozi bilan boshqalardan ajralib turar edi: u doim o‘zgarib tururdi, hech bir joyda qotib qolmasdi. Uning debyut filmi ilq kutib olinganidan so‘ng, «Kosh ba kosh» filmini o‘ziga ishonch va yetuk salohiyat bilan tasvirga oldi. Uning xarakteri pragmatizmiga qaramay, u g‘ayri tabiiy edi. Baxtiyor aynan kerakli vaqtdagi kino bo‘lishiga ishonar edi, chunki, hayotning o‘zi asosiy leymotivni belgilab, voqeaga yangi vazn qo‘sha oldi.

Erkinlik va yoshlik ruhiga to‘la «Kosh ba kosh» filmi o‘sha davr muhitidan aks sado beradi, shuningdek, uni yaratishda ishtirok etgan jamoaning hamjihatlikdagi tajribasini aks ettiradi. Bosh rolni ijro etgan aktyor Daler Majidov: «Vataningda do‘sting tasvirga olayotgan kinoda rol ijro etish, aslida bu baxt». Uni tan olinishiga shubxasiz ishonish mumkin.