"Kardiogramma"

Darejan Omirbaev (Qozog’iston)

Davomiyligi: 75 min

Yil: 1995

"Kardiogramma"

May 15, 2020 - May 22, 2020

Jasulan cho'ponning o'g'li yurak kasalligi hastalangan. Onasi farzandini Qozog'iston poytaxti yaqinidagi tog'larda joylashgan sanatoriyga olib boradi va u erga bir oy davomida sog‘lomlashtirish uchun qoldiradi. Vaziyat bolaning rus tilini bilmasligi bilan murakkablashadi.

Darejan Omirbaev

Kardiogramma: Bolalar uchun bo`lmagan bolalar haqida film

Bolalarning quvnoq shovqun-suroni, bezarar o`yin-kulgular, kuchli qahramonlik ruhiga to`lgan yigit-qizlar,bularning barchasi bolalar haqidagi filimlarda mujassam.Ammo bu haqiqatmi? Bolalik – bu barcha narsani birinchi marotaba o`rganadigan yo`lning boshidir – yo`q bu yomon narsa emas. Shunchaki bu haqiqiy. Darejan Omirbaev o`zining «Kardiogramma» filmi orqali aynan shuni aks ettirishni xohlagan.

Insho

Choyxo`rlik qanday qilib filmga olib kirildi?

Darejan Omirbaev 1958 yilda matematiklar oilasida dunyoga kelgan. Uning otasiga raxmat, u bu fanga bo`lgan dastlabki qiziqishni paydo qila oldi, kim bo`lishidan qat'iy nazar hech bo`lmaganda professional' darajada ajralib chiqa oldi. Lekin, uning bu fikrlash qobilyati u bilan doimo birga yonma-yon yuradi. Yaxshi o`qituvchilar va matematikaga qiziqish, Darejan Karajanovich qobiliyatlarini rivojlantirdi - u maktabni oltin medal bilan tamomlab, Qozog`iston davlat universitetining amaliy matematika fakultetiga o`qishga kirdi. Biroq, bir yillik mashg`ulotlardan so`ng, u o`zini bu uning uchun emasligini his qildi - sof matematikadan tashqari, uni juda qiziqtiradigan, hisoblash matematikasi (kompyuter tillari) joriy etila boshlandi va qiziqishlari asta-sekin so`na boshladi. Uning yuragini yangi ehtiroslar – kino egallay boshladi. Matematikaga qiziqishni yo`qotgan Darejan Omirbaev ko`proq vaqtni universitet yaqinidagi “Selinniy” kinoteatrida o`tkazar edi. U erda u o`zining atmosferasiga ta'sir ko`rsatadigan birinchi film, Dinara Asanovaning «O`tkazish huquqisiz kalit” filmini tomosha qildi. Aynan ushbu asardan so`ng Darejan Omirbaevning o`zi ham tan olganidek, jiddiy kino ixlosmandiga aylangandi. Biroq, matematikaga bo`lgan qiziqish hanuzgacha saqlanib kelinmoqda - OTMni bitirgandan keyin bir muncha vaqt u hatto matematika o`qituvchisi bo`lib ishladi.

«Matematika insonni zamonaviylashtiradi. U fanlar malikasi. Bu fan aqlni rivojlantiradi va tizimili ravishda zamonaviy fikrlashni ta'minlaydi. Ayrim hollarda men maktab davrida matematika darsiga kirmagan odamlar bilan muloqotda bo`laman, ular shunday chalkash fikrlashadi-ki, birinchi gapi ikkinchisiga to`g`ri kelmaydi. So`zini yakunida nima demoqchi bo`lganini tushunib bo`lmaydi. Ammob matematiklarda bunday hollar bo`lmaydi» - deb Darejan Omirbaev matematikaning muhimligini ta'kidladi.

Bir kuni, Darejan Omirbaev singlisi bilan tushlik qilayotganida gazetaga choynakdan tekkan namlik uni muhim bir voqeaga undadi. Darejan Karajanovichning so`zlariga ko`ra, qozoqchasiga aytganda «deyarli yotgan» shaklda choy ichishda tasodifan choynakka yopishgan gazeta e'londagi so`zni ko`rishga muvaffaq bo`lgan edi. Bu «kino» so`zi edi. Bu e'lon esa Olmotadagi rejissiyor yordamchisi kurlariga tanlov haqidagi e'lon edi. U darhol bu e'lonni chiqarib oldi va o`z hikoyalari hamda ramlarini murojjat manziliga yubordi. Matematika ishini tashlab, oilasining fikrlariga qarshi chiqib, o`z ijodiy faoliyatini boshladi. Ushbu kurslarda muvaffaqiyatli o`qiganligi sababli u Sergey Solovev bilan birga o`qish uchun Moskvadagi VGIK-dagi qozoq kinostudiyasiga qabul qilindi. Biroq, bir muncha vaqt o`tgach, Darejan Omirbaev o`z rahbarlari bilan ko`rishishga tayyor emasligini his qildi va shuning uchun u kinoshunoslik fakultetida o`qishni stirqi yo`nalishda davom ettirishga qaror qildi.

Kinomatografiya – bu teatr emas

VGIKdagi mashg`ulot Darejan Omirbaevga turtki bergan bo`lsa-da, ekran uning uchun asosiy o`qituvchisi deb biladi. VGIKda o`qishning asosiy afzalliklaridan biri, u filmlarni kassadan boshqa bironta joyda ko`rish imkoni bo`lmaganligi uchun u erda filmlarni tomosha qilish mumkinligini aytdi. Talabalarga birgalikda tomosha qilish uchun asarga buyurtma berishga ruxsat berildi va Darejan Omirbaev o`z guruhini Robert Bressonni "O`limga hukm, qochib ketdi" filmiga buyurtma berishga ko`ndirgan. Ammo, ajablanarlisi shundaki, ushbu filmni uning kursdoshlaridan hech biri yoqtirmagan - hatto ular uning iltimosiga binoan ushbu filmni ko`rish uchun rozilik berishganidan afuslanishgan. Darejan Omirbaevning o`zi uchun ushbu film, shuningdek, Robert Bressonning asari bilan tanishish uning uchun muhim ahamiyatga ega bo`ldi.

“U menga kinomatografiya teatr emasligini ko`rsatdi, bu mutlaqo boshqacha san'at, unda siz aktyorlik qilmasdan, teatrlashtirilgan syujetsiz, teatr dramaturgiyasisiz asar yarata olasiz. Bunda siz Robert Bressonni mening ustozim deb atashingiz mumkin - u menga filmlar ko`pchilikka o`xshamagan holda boshqacha tarzda tayyorlanishi mumkinligini ko`rsatdi. Kino bu umuman teatr emas va hatto bunday tushunchadan iloji boricha uzoqroqda bo`lishi kerak. Bu menga yordam berdi.Biroq mantiq bunda emas, boshqacharoq narsa olish kerakb hattoki buyukroroq narsa bo`lishi kerak. Asosiysi siz o`z yo`lingizni topish. Umid qilaman-ki, men uni topdim. Ammo faoliyatingizni boshida sizda paydo bo`lgan fikrlardan qo`rqmaslik uchun o`z yo`nalishingizni topish juda muhimdir. Agar fikrlar to`g`ri deb hisoblangan nisbatlardan farq qilsa, bu qo`rqinchilidir. Ammo, Bresson kabi rejissyorlar filmlarni boshqacha yaratish mumkinligini va tajriba qilishdan qo`rqmasliklarini ko`rsatmoqda”.

Asar qanday dunyoga keldi?

1994 yil eid. Darejan Omirbaevning so`zlariga ko`ra, qiyin ammo qiziqarli davrlar bo`lgan. Sovet ittifoqi qulagan, hali yangi jamiyat shakillanmagan vaqtlar edi. Bunday qiyin vaziyat oralig`ida rejissyorlarga omad kulib boqqan edi, ular nimadir qilishi va yashashni davom ettirishlari kerak edi. Mamlakatdagi bunday og`ir sharoitda ham kino faoliyatini moliyalashtirish to`xtatilmadi - bir yilda 2-3 ta kino tasvirga olish uchun davlat mablag` ajratdi. “Locarno” festivalidagi “Kayrat” filmidagi birinchi muvaffaqiyati uchun Darejan Omirbaevga “Kardiogramma” filmini tasvirga olish uchun mablag` ajratildi. Biroq, bu hammasi muammosiz o`tdi degani emas – tasvirga olish ishlari to`xtatilib, asar noma'lum vaqtgacha yarmiga yetgan joyida qolib ketdi. Shunga qaramay, qilingan ishlarning hammasi yanada yaxshiroq amalga oshirildi, Darejan Karajanovich, bu qiyinchilik asarni vizual ravishda qarama-qarshi qo`yishga yordam berganligini ta'kidladi, chunki tasvirga olish ishlarining ikkinchi qismi qishda olingan edi. Uning so`zlariga ko`ra, qishda suratga olingan yaxshi filmlar kam edi va bundan tashqari, u bir necha fasllarni yoritishga muvaffaq bo`ldi, bu asarning umumiy taassurotiga yaxshi ta'sir ko`rsatar edi.

Xo`sh, film nima haqida? Ma'lum bo`lishicha, hikoya avtobiografikdir. Darejan Omirbaev bolaligida tomoq og`rig`i bilan og`rigan va ikkinchi sinfda bezlarni olidir tashlash uchun operatsiyadan so`ng, ota-onasi uni Jasulan singari, sog`lig`ida muammolari bo`lgan bolalar uchun sanatoriyaga yuborgan. U o`sha erda bir oycha vaqt qolib ketti va xuddi film qahramoni kabi, u erda til bilmaslik muammosiga duch keldi. Shuningdek, avtobiografik filmda ona va bola munosabatlari mavzusi ham yoritilgan.

“Men oilada yakka o`g`ilman va doim onamga juda bog`lanib qolgan edim, qaysidir ma'noda yaxshimi, yomonmi onami bolasi edim. Shunday qilib, bir gal Olmaotada avtobus kutib turar edim, ammo, avtobus to`xtash joyida esa uch-to`rt yoshli bolasi bor ayol turar edi. Onasi nimagadir chalg`idi shekilli, u gazeta o`qiyotganga o`xshar edi. Bolakay esa atrofda yugurardi va onasidan juda uzoqqa borolmas edi, chunki u onasiga «ko`rinmas iplar» bilan bog`langan edi. Men boshqa tomondan qarar edim, bitta organiz ikkita tanada ekanligini his qilardim. Shunda tushundim-ki, aynan ushbu aloqani film qilib yaratish mumkinligi anglab yetdim”.

Film yaratishda yana bir muhim turtki bu bolalr haqida jiddiy, barcha tug`ma tajribalarni hisobga olgan holda film yartish kerakligini anglash edi. Darejan Omirbaev Kuprinning «Tanafusda (Kursantlar) hamda  Germana Gessening «G`ildirak ostida (internatdagi bolalik haqida)gi hikoyalaridan emosional' ilhomlandi.

"Odatda bolalik haqida nimadir yozilsa yoki film tasvirga olinsa asosan unda bolalikning qiziqarli, shodonlik o`yin-kulgulari aks ettiriladi. Bu oddiy narsa, unda jiddiylik yo`q. Bolalar haqidagi filmlar odatda bolalar uchun tayyorlanadi. Ammo «Kardiogramma» filmi bolalar uchun emas, balki, kattaar uchundir.”

Ko`rish qobilyati

Jasulan rus tilini bilmadi va tushunmaydi. Odatda, inson beshta asosiy sezgilardan birini ishlata olmasa, boshqalari sezilarli darajada kuchli bo`ladi. Bu bilan, filmdagi bosh qahramonning til bilmaslik muammosi paydo bo`lishining sabablaridan biri bu vizual idrok orqali dunyoni yanada chuqurroq ko`rsatish istagi bo`lgan.

“Film shuningdek, so`zlar va ko`zlarning o`rni haqida - men uchun esa ko`rish qobiliyati gapirishdan ko`ra muhimroqdir. Shuning uchun, film qahramoni til bilmasligi tufayli jim turishga majbur bo`lganligi sababli, u ko`proq atrofni tomosha qilishga majbur. Har doim ham shunday bo`lgan. Ehtimol, xalqning ko`chmanchi turmush tarzi tufayli mamlakatda ijod va boshqa tasviriy san'at yuqori darajada rivojlanmagandir. San'atning ushbu sohalarida orqada qolish, san'at, asosiy gapirish qobiliyati degan qoida bilan bog`liq bo`lgan katta muammodir. Shuning uchun buni rad etish kerak”.

Darejan Omirbaev shuningdek, tanqidchilar tomonidan takrorlangan eng e'tiborga molik kadrlardan birini ko`rish qobiliyatining muhimligini ta'kidladi – bu Jasulanni shaharga olib ketishi kerak bo`lgan avtobus juda uzun kadr edi.

“Bu erda, qandaydir ma'noda, men tajribaviy xavfli kadrni tasvirga olishni xohladim. Mazkur tajriba tomoshabinni chalg`itishi, uni hushyorlikka qaytarishi kerak edi. Ushbu vaziyatning o`zi shaxsiy hayotdan olingandi. Umuman olganda men qishloqdanman, biz biror joyga, shaharga borishimiz kerak bo`lsa, avtobus kelishini ko`tib o`tirar edik. Atobus kelishini kutib o`tirasiz, qaraysiz-ki, shu bilan tamom. Siz bilmaysizki, bu avtobusmi yoki boshqa yuk mashinasimi, balki, bu umuman boshqa narsami. Keyin esa uzoqdan avtobusning ko`rinishi asta-sekin paydo bo`la boshlaydi va sizda ayni tuyg`ular paydo bo`la boshlaydi.Siz o`ylaysizki hozir avtobus to`la bo`ladi, o`tirishning iloji yo`q, yoki, bo`sh bo`lishiga, yoqimli sayohat bo`lishishiga ishonasiz. Men esa his-tuyg`ularni so`zlarsiz yetkazishga harakat qildim”.

Asar muvaffaqiyatli chiqqanidan ko`p yillar o`tib ham bir qator xalqaro festivallarda ishtiroketdi, shuningdek, bir gal Darejan Omirbaev Nyu-York shahridagi Markaziy Osiyo filmlari kunida ham ishtirok etgan. U yerda “Kardiogramma” filmi namoish etilgan edi. Film namoyishidan so`ng, kinotanqidchi Ken Jons Darejan Karajanovichga murojaat qilib, bu asarning Xitkokning "Shimoliy g`arbiy tomondan" filmidagi sahna bilan o`xshashligini ta'kidladi va Darejan Omirbaev ushbu sahnadan ilhomlangan bo`lishi mumkinligini taxmin qildi. Biroq, u filmni faqat Nyu-Yorkka borganidan so`ng, o`xshashlik adolatli yoki yo`qligini ko`rish uchun tomosha qilgan. Darejan Omirbaev aytganidek, manzara o`xshash bo`lishi mumkin, ammo ma'nosi butunlay boshqacha. Umuman olganda, u ilgari takidlaganidek “Mantiq bunda emas, boshqacharoq narsa olish kerakb hattoki buyukroroq narsa bo`lishi kerak. Asosiysi siz o`z yo`lingizni topish”.

Ko`rish qobiliyatining ahamiyatiga qaytgan Darejan Karajanovich dastlab rasmni "Vuayer" deb nomlamoqchi edi, ammo studiya buni qabul qilmadi. Uning so`zlariga ko`ra, birinchidan, bu so`z begona va yaqin emasligi sababli, ikkinchidan, odamlar tomosha qilayotgani yoki tinglayotganiga ahamiyat bermaydi.

O`rta Osiyo kinosining bir shakli bormi?

Suhbat davomida men Derejan Karajanovichdan 90-yillardagi O`rta Osiyo va qozoq kinolarini qanday shaklga ega ekanligini so`radim. Biroq, uning javobidan so`ng, men savolni aytib bo`lmaydigan va hatto qiziqarsiz ekanini tushunib yetdim. Darejan Omirbaev ijodkorlarni biron bir sababsiz bir qanot ostida sudrab, guruhlarga birlashtirishga qarshi. Va kimdir umuman haqiqiy ijodkor bo`lmasligi mumkin. Xo`sh, bu birlatirmalar nimani anglatadi?

“Men, har qanday muallif kabi, guruh ko`rib chiqilishdan ehtiyot bo`laman. Bu kasalxonadagi bemorlarning o`rtacha harorati haqida so`rashga o`xshaydi. Har bir ijodkuorning o`z harorati bor. Xuddi mualliflarning fojialarining o`ziga xos hissiyotlari bor. 90-yillarning filmlari haqida nima deyishim mumkin - ular har xil sifatga ega va ular 90-yillarning filmlarini topib, men bilan taqqoslanganda biroz xafa bo`laman. Avval muallifning yo`naltirish qobiliyatiga egami yoki yo'qmi, iste'dodli ekanligini aniqlash kerak. Agar film o`xshamagan  bo`lsa va rejissyor soxta rejissyor bo`lsa, unda gapirish va taqqoslashning ma'nosi yo`q”.

Biroq, Darejan Omirbaev ba'zi mushtarak tomonlarning obyektiv imkoniyatlarini tan olmasligi kerakligini qo`shimcha qiladi, chunki film mintaqada muayyan vaqt davomida sodir bo`layotgan umumiy tendentsiyalar va jarayonlarni aks ettiradi. O`sha paytdagi Qozog`istondagi kinoning muhim xususiyati shundaki, senzura yo`qoldi va moliyalashtirish davom etdi. Ushbu oraliqda (90-yillardan 2000 yillarga qadar) ijodkorlar asosiy filmlarini senzuradan yoki o`chirib yubormaslikdan qo`rqmay suratga olishga muvaffaq bo`lishdi. O`shanda hamma senzura qilmaganligi sababli, rejissyorlar so`z erkinligiga erishdi.

“Rejissyorlar uchun yillar yaxshi edi, biz senzurasiz bemalol tasvirga olishimiz mumkin edi va filmlarimiz mablag` bilan ta'minlandi. Bularning barchasi qozoqning yangi to`lqini deb nomlandi, ammo nom noma'lum.Fransuz to`lqini bo`lgan nima uchun takrorlandi bilmadim. Bundan tashqari, meni kimdir tashqariga itarib yuborishi yoqmaydi. Garchi filmlarda umumiy xususiyatlar bo`lishi mumkin bo`lsa-da, umid qilamanki, bu asosiy narsa emas”.

Darejan Karajanovichning yana bir o`ziga xos xususiyati umumiy muammoni ko`rib chiqadi - bitta film tarqalishi buzildi, shu sababli o`sha davrdagi ko`plab filmlar tomoshabinlarga yetib bormadi. Hech bo`lmaganda katta miqyosda emas edi. Darejan Omirbaevning so`zlariga ko`ra, “Kardiogramma”ni ham ko`rsatishni imkoni bo`lmadi, qayta qurish davrida odamlar umuman kinoga kirishmadi. 90 va 2000 yilar o`rtasida postsovet hududida umr ko`rish davomiyligi 10 yilga qisqardi. Ya'ni, umuman olganda, odamlarning tashvishlari yetarli edi.

Yangi boshlovchilar

Darejan Omirbaev yosh rejissyorlarga ko`rsatma va maslahatlar beradi:

“Avvalo birinchi galda aytamanki, taslim bo`lmang. Chunki endi har yili, har oyda ommaviy madaniyat juda kuchli bosim o`tkazmoqda, ko`plab kanallar, seriallar mavjud. Tomoshabinlar asosan televidenie qarshisida va kinobozozda o`tirishmoqda, kino ixlosmandlari borgan sari kamayib ketgan. Bularning barchasida taslim bo`lmaslik, o`zingizning g`oyangizni yuragingizda olib yurgan filmingizni yaratish juda muhimdir. O`z uslubingizni rivojlantiring, arzimas narsalar sabab kinobozorga bormang. Hozir yosh rejissyorlar uchun bu oson ish emas - hali ham moddiy bosim mavjud. Bizga osonroq bo`ldi. Endi siz filmni suratga olganingizdan keyin pulni qaytarishingiz kerakligini bilasiz va buning uchun sizning filmingizni tomosha qilinishi kerak, ammo tomoshabin tomosha qilishni istamaydi - u yoshligidan arzon garov kinobozordan ko`rishga  odatlangan. Hozirgi zamon rejissyori uchun hatto qisqa metrajli film uchun ham pul topish qiyin. Shuning uchun men avvalo o`zlaridan kuch va zaxiralarni to`plab olishlarini istardim. Shunda omad ularga hamroh bo`ldi.

Ikkinchidan, men ularga kino san'ati va teatr o`rtasidagi farqlarni ko`rishni maslahat beraman. Teatrda katta xavf mavjud. Chunki kino - bu teatr dramasining aktyorlar emas, balki tasvir va tovushlarning tilidir. Tetradan uzoqroq bo`lish kerak.

Uchinchidan, kino matogarafiya tilni rivojlantirish uchun men Yapon trilogiyasini, hokku-ni o`qishni tavsiya qilaman. Bu she'r emas. Bu kichik filmlar. Keyin ular sizni ekranga ijodiy qarashdan qutqaradi. Buj uda foydali maktab. Qadimgi Yaponiyada kino bo`lmagan va yaponiyalik "kinematograflar" ushbu uchta chiziqdan foydalanib o`z filmlarini suratga olishgan. Bu o`zi umuman olganda nima? Birinchi qator – birinchi kadr, ikkinchi qator – ikkinchi kadr. Uchinchisi esa dastlabki ikki kadrning montaj jarayonida dunyoga kelgan narsa. Chiziqlar esa - tezis, antitezis va sintez edi. Ular har doim mavhum emas, balki obyektiv bo`lib, ko`rish, tinglash va suv to`kib yubormaslik qobiliyatini rivojlantiradi.”