Ovoz

Tarixiy ma‘lumotlar

Qayta ta’mirlash ishlari natijasida bag’rida O’zbekistondagi birinchi Zamonaviy san’atlar Markazining ochilishi kutilmoqda bo’lgan sanoat uslubida qurilgan g’ishtli bino 1912 yilda Turkiston hududidagi qurilish boshqarmasi boshlig’i, Toshkent real bilim yurti, Romanovlar saroyi, Toshkent astronomic observatoriyaning teleskop-refraktor binosi va ko’plab boshqa binolar loyihasining muallifi Vilgelm Gayntselm tomonudan barpo etilgan. Inqilobdan oldin bu yerda shahardagi birinchi tramvay liniyasi uchun elektr energiyasini ishlab chiqqan dizel elektr stantsiyasi joylashar edi. 2018 yildan eng yaqin kunlarga qadar Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi joylashib kelgan bino O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tasarrufiga topshirildi.

1912 yilda qurilgan eski dizel elektr stantsiyasi hozirgi Zamonaviy san’at markazi.

QO‘RG‘ON CHIROQ

O’tkazilish kunlari:
13 aprel – 1 iyun 2019 yil

Ochilishi:
12 aprel 2019 yil

Tashkilotchi:
O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasi.

Ko’rgazmaning ish vaqti:
har kuni soat 10:00 dan 20:00 gacha.

Ko’rgazmana kirish bepul

Ko’rgazma katalogini yuklab olish

Ko’rgazma so’nggi besh yilda yaratilgan rassom-rejissyor Saodat Ismoilovaning video-asarlarini birlashtiradi. “Zuhra” video-poemasi ilk bor 55-chi Venetsiya biennalesida Markaziy Osiyo pavilonida namoyish etilgan, “Ikki ufq” ikki kanalli videosi esa Baykonur yaqinlarida, afsonaviy turkiy shoir baxshi Qorqit(IX) qabristonida suratga olingan bo’lib, bunda qahramonning levitatsiya orqali abadiy hayotga erishish urinishlari tasvir etilgan. XXasrning ikkinchi yarmida yo’q bo’lb ketgan Turon yo’lbarslariga bag’ishlangan “Afsun” deb nomlangan video vidolashuvi noyob shisha garmonikasi asaboblari uchun kuylar yaratuvchu Norvegiya bastakori Kamil Norme bilan hamkorlikda yaratilgan. “Oksning shivirlashi” deb nomlangan uch kanalli video installyatsiya Pomir tog’larini Orol dengizi bilan bog’laydigan Amudaryo (Oks) va uning sohillarida istiqomat qiluvchi va ro’yolarini buyuk daryo bilan baham ko’ruvchi kishilar haqida. Shuningdek, loyiha doirasida Saodat Ismoilovaning “O’limsiz maktublar” deb nomlangan va So’g’d tiliga bag’ishlangan asarining taqdimoti bo’lib o’tadi. So’g’d tili bugungi kunda o’lik hisoblansada (uning oxirgi yozma yodgorliklari XIasrga tegishlidir), rassom tilning o’limini qabul qilmaydi, uning jamoaviy xotirada yashashni davom ettirishga qodir ekanligiga ishonadi. “Qo’rg’onchiroq” ko’rgazmasining ustida Saodat Ismoilova Teyt Modsern galereyasi bosh kuratori Andrea Lissoni va Milandagi Yekaterina Golovatyuk va Jakomo Kantoniga tegishli GRACE arxitekturasi byurosi bilan hamkorlikda ishlagan. To organise the exhibition Qo’rg’on Chiroq, Saodat Ismailova cooperated with Andrea Lissoni, chief curator of the Tate Modern in London, and the Milan-based architectural bureau GRACE (Ekaterina Golovatyuk and Giacomo Cantoni).

“Ko’rgazmaning o’zbek tilidagi nomi “Qo’rg’on chiroq”. Qo’rg’on- rus tilida ham ayni ma’noni bildiradi va ko’p hollarda bizga juda qadimiy bo’lgan, ajdodlarga tegishli sirlarni eslatadi “Chiroq”- bu “yorqinlik”, shu bilan ayni mahalda, bu zardushtiylikdan bizgacha yetib kelgan marosimning nomidir. ”Chiroq” marosimida shomlar yoqiladi, biz ota-bobolarimiz bilan bo’lgan aloqani ramziy ma’noda jamoa ongida jonlantirib, shamlar va lampalar bilan butunlashtiramiz. Va bu aloqaning yorug’ligi menga juda yaqinday tuyuladi, chunki men bir tomondan jamoaviy xotira mavzusi bilan ishlayman, ikkinchidan - men video-rassomman va san’atimning qalbida xuddi shu nur jo’shib turadi ".

Saodat Ismailova

Rassom

“Men O’zbekistonga o’n yilcha oldin kelganimda, bu yerning noyob va hatto qadrli ekanini tez tushunib yetdim. Bu tuproqlarning ildizlari chuqur o’tmishga taqalgan: bu yerda ming yillar davomida cheksiz cho'llar va bepoyon dashtlarda yashagan xalqlarning qadimiy an’analari rus madaniyati va boshqa qo’shni xalqalrning noyob odatlari bilan matashib ketgan. Saodat Ismoilova bu dunyodagi ajoyib madaniy elchiga aylandi. Yevropada mehnat qilayoitgan bu ayol, nafaqat o’z milliyligini saqlab kelmoqda, balki mintaqaning rivojlanishiga ulkan hissa qo’shib ham kelmoqdadir. Men rassom bilan 2000 yillar boshida tanishib qolganman. Trevozodagi unga tegishli xonadonlaridan birida o’tovni ko’rdim. Bu menda judda katta taassurot qoldirgan edi. Men tarixni, musiqani, qadimiy yozuvlarni va boshqa turdagi madaniy yodgorliklarni chuqur his qilgan, doimiy izlanishlarda va yangi hikoyalar yaratishda bo’lgan san’atkorni ko’rgandim, unda tug’ilib voyaga yetishgan tuproqlarning ajoyib dunyosi bilan tanishtirish ishtiyokining joshq bilan urib chiqayotganini va ona yurti haqida hikoyalar yaratish ilhomini ko’rgan edim”.

Andrea Lissoni

Teyt Modern kuratori

QYRQ QYZ

Namoyish kunlari:
16 va 17 aprel 2019 yil, boshlanishi soat 18:30da

Namoyish joyi:
Alisher Navoiy nomidagi Davlat Akademik Katta teatri

Chiptalar DAKT kassalarida, savdo ofislarida va iTicket.uz elektron portalida sotiladi.

Rejissyor Saodat Ismoilovning "Qz’rg’a Qiz" ("Qirq qizlar") spektakli AgaKhanTrustforCulture Xalqaro jamg’armasi tomonidan (Aga KhanMusicInitiative dasturi doirasida), shuningdek O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasi ishtirokida yaratilgan. Ushbu spektaklning video lavhalari Qoraqalpog’istonda, shuningdek, Toshkentdagi eng qadimgi masjidlardan biri Azlarhon eshon masjidida suratga olingan. Bir yarim soat davom etadigan ushbu postanovka Qoraqalpoq eposi tarixini ham musiqiy hamda badiiy abstraktsiya yo’li bilan tomoshabinlar ongiga yetkaziladi. Spektaklda ko’plab xalq asboblari, shuningdek Markaziy Osiyo klassik vocal maktablarining durdonalari: tanovar, Qoraqalpoq dostonlari, Qozog’iston va Qirg’iziston tomoq bilan kuylash (jir)

Tadbirlar taqvimi

13 Aprel

Spikerlar:
Andrea Lissoni;
Saodat Ismoilova
Spikerlar:
Andrea Lissoni;
Saodat Ismoilova;
Gayane Umerova - Madaniyat va san'atni rivojlantirish fondi direktori o'rinbosari
Spikerlar:
Anton Belov – “Garaj” zamonaviy san’atlar muzeyining direktoriдиректор (Moskva);
Marchella Lista - Pompidu Markazining kuratori (Parij);
Khim Ong - Zamonaviy san'atlar markazi direktori o’rinbosari (Singapur);
Leif Magne Tangen- Tromso Kunstforening (Tromso) kuratori va prodyuseri

Munozara:
20 daqiqa
Spiker:
Marcella Lista – Pompidu markazi (Parij) kuratori;
Xim Ong – Zamonaviy san'at markazi direktori o’rinbosari (Singapur); Leif Magne Tangen- Tromso Kunstforening (Tromso) kuratori va prodyuseri

Munozara:
30 daqiqa

18 Aprel

O'tkazilish joyi:
Zamonaviy san'at markazi

Spikerlar:
Teodor Levin
Saodat Ismailova
Fayruz Nishonova

Musiqachilar:
Raushan Orazbayeva
Humshagul Bektruganova
Gumusay Berdiyanova
Saltanat Ersultan
Aziz Davronova
O'tkazilish joyi:
Zamonaviy san'at markazi

Ma’ruzachilar:
Teodor Levin
Fayruz Nishanova
O'tkazilish joyi:
Zamonaviy san'at markazi

Spikerlar:
Teodor Levin
Saodat Ismoilova

Musiqachilar:
Saltanat Ersultan - qobuz, vokal;
Aralim Omerbekova - dombra, vokal;
Tobogonov Mohabat - Temir va Yagachozkomuz;
Aziza Davronova - vokal, dutor
Tinglovchilarning tahminiy soni:
5-7 yoshdagi 25 nafar bola

Mavzu:
hayvonlarni, shamolni, daryoni taqlid qilish. Ma’lim tovushning qaysi hayvonga tegishligini aniqlash o’yini

Spikerlar:
Teodor Levin
Saodat Ismoilova

Musiqachilar:
Tokjan Karatay- qobuz,
Mohabat Tobogonova - chopo chur, yagachoguzkomuz, temiroguzkomuz;
Xumshaqul Bekturganova - Qoraqalpoq dotari;
Aziza Davronova - dutor

28 Aprel

Spiker:
Aleksey Ulko – rassom, tanqidchi va zamonaviy san'at nazariyotchisi (Toshkent)